OnePlus One: Yangi Supersmartfon

OnePlus One: Yangi Supersmartfon

“OnePlus” kompaniyasi o`zining birinchi “One” smartfonini taqdim etdi. O`zining past narxiligi va qiziq xarakteristikasi tufayli smartfon «flagmanlar qotili» nomiga sazovor bo`ldi.

Supersmartfon “OnePlus One” to`rt yadroli 2,5 GGts Qualcomm Snapdragon 801 protsessorga, Adreno 330 grafikasiga, uch gigabaytli operativ xotiraga, 5,5 dyuymli IPS-matritsali FullHD-ekranga va Gorilla Glass 3 ximoyasiga ega bo`ldi. Flesh-xotira modifikatsiyaga ko`ra 16 yoki 64 GB dan iborat. Hamda moslama 3100 mAch xajmli akkumulyatorga, Wi-Fi 802.11a/b/g/n adapterga va Bluetooth 4.0 ga ega va LTE ni qo`llaydi.

Asosiy kamera sifatida “OnePlus One” 13-megapikselli sensorli, f/2.0 diafragmali, olti linzali, ikkitali svetodiodli yorug`lik va 0,3 soniyali fokusirovkali Sony Exmor IMX214 ga egadir. Kamera 4K-video va 120 kadr soniyaga sekinlashtirilgan HD-video olish imkoniyatga ham ega. Oldingi kamera esa 5-megapikselli va keng burchak sharhiga ega. OS sifatida CyanogenMod 11S proshivkali Android 4.4 ishlatiladi.

Smartfonning pastdagi qirralarida JBL ishlab chiqaruvchi stereodinamiklar joylashgan va echiladigan orqa panellar bambuk, daraxt va kevlardan qilingan. Hamda djins matto bo`lgan panel` ham taqdim etilgan. Smartfon bozorda qora va oq ranglarda chiqishi kutilmoqda.

«Flagmanlar qotili» “OnePlus One” sotuvga AQSh, Evropa va bir nechta Osiyo mamlakatlarida shu yilda chiqishi kutilmoqda. Moslamaning narxi $300 (€270) va $350 (€300) modifikatsiya ko`ra belgilangan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social