Raqsga tushadigan robotlar Jahon rekordini o’rnatishdi (+video)

Raqsga tushadigan robotlar Jahon rekordini o’rnatishdi (+video)

WL Tech kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Dobi robotlari Ginnes kitobi uchun yangi rekord o’rnatishdi. Sinxron xoreografiyani 1069 robotlar namoyish etishdi.

Yangi rekordlarni qayd etib boruvchilar Dobi robotlarining bir xil harakat qilishganini aytishdi, shunga qaramasdan raqs jarayonida bir nechta robotlar yiqilib ketishgan. Robotlarning harakati esa markazlashgan tizim orqali boshqarib turilgan.

Shuningdek, Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan robot ixtirochilari so’zlariga qaraganda robotlar kuylashni, boks qilishni va kung-fu bilan shug’ulanishni ham bilisharkan.

Eslatib o’tamiz, oldingi raqs rekordi Ever Win Company & Ltd. kompaniyasining QRC-2 nomli 1007 ta robotlariga tegishli edi.

Manba: 24gadget.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social