Smartfon va noutbuk singari elektron qurilmalarning kamerasi va mikrofoniga ruxsatsiz kirishni ularning ishlashidagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin, deb yozmoqda «Praym» agentligi.
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyevning aytishicha, muammo ko‘pincha ushbu funksiyalar umuman kerak bo‘lmagan ilovalarga mikrofon va kameradan foydalanishga ruxsat berishdan kelib chiqadi. Josus yoki zararli dasturlar ko‘pincha smartfonlarning ishlashini o‘zgartiradi.
«Kuzatuvchi yoki virusli dasturiy ta’minot mavjudligining eng ehtimoliy belgisi — smartfondagi funksiyalar, umuman, telefonning o‘zi sekin ishlashidir», — dedi Timofeyev.
Smartfon hech qanday sababsiz qotib ishlasa yoki kamerasi indikatori o‘z-o‘zidan yonib-o‘chsa katta ehtimol bilan u kuzatilayotgan bo‘ladi.
Xususan, iPhoneda kamera faollashganini yashil indikator, mikrofonni esa to‘q sariq indikator ko‘rsatadi. Tizimning o‘rnatilgan vositalari yordamida ushbu komponentlarga ulanishlar tarixini tekshirish mumkin. Ruxsatsiz kirish aniqlansa, smartfonni zavod sozlamalariga qaytarish kerak — albatta, buni ehtiyotlik bilan qilgan yaxshi, chunki muhim ma’lumotlar o‘chib ketishi mumkin.
Interesting
Aqllili qimiman, lekin juda hammasi togri yozilgan
Agar telefonda u bu galati ozgarish korib qolsangiz, darrov tekshiring, balki rostanam kimdir telefoningizga ulanvogan
Bu maslaxatlardan tashqariyam boshqa narsaladan bilib qolsa boladi
Batareyka tezro ketishi boshlidi, kechasi telefon ozidan ozi yoqilib ketadi
Telefon, noutbuk yoki boshqa narsalada ozgarishlani korsez, birinchi orinda internetni ochiring
Keyin bemalol tekshiruv qiling, balki qandaydir siz bilmagan ilovala qoshilib qolgan
Oddiygina maslaxat, har doim ehtiyot bolila
Endi telefonimni tekshirib chiqaman
Manda hammasi yaxshi, hech kimga telefonim keremas