Frantsiyalik ishlab chikaruvchilar yangi g`ilof moslamasini ko`rib chiqmoqdalar. Mazkur g`ilof telefoningizni bir zumda rasmlarni qog`ozga chiqaradigan moslamaga aylantiradi.
style=”text-align: justify;”>Kelajakda Prynt mutaxassislari “mo`jizali” g`ilof uchun mablag` yig`ishni boshlashdi. Prynt moslama smartfonlar uchun g`ilof ko`rinishga ega, Android va iOS operatsion tizim ostida ishlaydi. G`ilofni gadjetga o`rnatilgan vaqtda siz bir zumda qog`ozga chiqaradigan haqiqiy ishlaydigan fotoapparatga ega bo`lasiz.
Bu yangilik sizga tanish tuyulishi mumkin. G`ilofning yaratuvchilarni o`z vaqtida mashxur bo`lgan Polaroid fotoapparati ilhomlantirgan. Ushbu moslama ustida ishlar 2013-yilning yanvar` oyidan beri olib borilmoqda. Hozircha bittagina rasm chiqarishga bir daqiqa ketmoqda, o`zi moslama faqat bir qog`oz varaqni saqlay oladi. Biroq kelajakda ushbu ko`rsatgichlar o`zgartiriladi va chiqarish vaqtini yarim daqiqaga, qog`ozlarni sonini esa 10-20 varaqgacha ko`tarish rejalashtirilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra Prynt g`ilofining narxi $99 bo`lishi kutilmoqda. U to`rt dyuymli diagonal` ekranlar bilan ishlaydi.