Telegram shaxsiy hujjatlarni saqlash tizimini ishga tushirdi

Telegram shaxsiy hujjatlarni saqlash tizimini ishga tushirdi

Telegramda hujjatlar saqlash tizimi “Telegram Passport” ishga tushirildi. Bu shaxsiy ma’lumotni taqdim etishni talab qiladigan xizmatlarda yagona avtorizatsiya usuli hisoblanadi.

Barcha foydalanuvchi ma’lumotlari shifrlangan va himoyalangan bulutda saqlanadi. Telegramda ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yo’q. Agar shaxs hujjat taqdim qilsa, u to’g’ridan-to’g’ri oluvchiga o’tadi. Kelgusida kompaniya Telegram Passport-ning barcha ma’lumotlarini markazsizlashtirilgan bulutga o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Hozirgi kunda elektron to’lov xizmatida ePaymenta tizimida test qilish imkoniyati mavjud. Telegram Passport yordamida operatsiyalarni ro’yxatdan o’tkazish va tasdiqlash mumkin.

Yangi funksiya ishlashi uchun messengerning eng so’nggi versiyasi kerak. Hujjatlarni tushirib bo’lgach, siz ularni dastur parametrlarining tegishli qismida topishingiz mumkin.

Ishlab chiquvchilar Telegram Passport-ni o’z xizmatlariga osongina kiritishlari mumkin. Barcha kerakli ma’lumotlarni maxsus sahifada topishingiz mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social