Telegramda endi animatsiyali stikerlar paydo bo’ldi

Telegramda endi animatsiyali stikerlar paydo bo’ldi

Stikerlar jami 20−30 KBni tashkil etadi va ular internet sekin ishlaganda ham yuborilishi mumkin.

Telegram messenjeri yangilandi va u yangi xususiyatga ega bo’ldi. Endi dasturning asosiy versiyalarida animatsiyali stikerlar mavjud, deyiladi kompaniya blogida.

“2015 yil yanvar oyida stikerlarni ishga tushirgan edik. Bugun yangi format — animatsiyali stikerlarni taqdim etmoqdamiz. Biz o’zimizga savol berdik: animatsiyali stikerlar harakatsizlaridan ko’ra yuqori sifatga ega bo’lishi va kamroq trafikni sarflashi mumkinmi? Javob ijobiy bo’ldi “, — deyiladi kompaniya xabarida.

Ushbu stikerlar jami 20−30 KBni tashkil etadi, bu oddiy rasmga nisbatan 6 baravar kam. Shuning uchun, ular hatto internet sekin ishlaganda ham yuborilishi mumkin.

Animatsiyali stikerlarning 9 ta standart to’plami tayyor. Shuningdek maxsus bot yordamida animatsiyalarni yaratish ham.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social