Turli shaharlarda iPhone X ni sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

Turli shaharlarda iPhone X ni sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

Hozirgi kunda, smartfonlar har bir insonning ajralmas qismiga aylandi. Agarda Renee Dekart tirik bo’lganda o’zining mashhur so’zlarini shunday ifodalagan bo’lar edi: “Menda iPhone bor, demak, men tirikman.” Ho’sh, mashhur gadgetning eng so’nggi modelini sotib olish uchun qancha ishlash kerak?

UBS mutaxassislari shaharlar reytingini tuzib chiqishdi va unda iPhone X sotib olish uchun qancha ishlash kerakligi ko’rsatilgan. Shunday qilib, eng yomon natija Qohiraga tegishli ekan. Qohirada iPhone X sotib olish uchun o’rtacha ish haqi bilan 133,3 kun ishlash kerak ekan. Nairobida – 72,2 kun. Pekinda – 39, 3 kun. Yohannesburgda – 36,4 kun. Panamada – 18,7 kun. Tel-Avivda – 12,7 kun. Nyu-Yorkda – 6,7 kun ishlash kerak.

IPhone X ni sotib olishning eng tezkor yo’li – Tsyurix shahrida ekan. Statistikaga ko’ra, u faqat 4,7 kunni talab qilar ekan. Shuningdek, Moskvada iPhone X uchun 37.3 kun davomida ishlash kerak. Aytgancha, iPhone X bir necha kun ichida eskirgan bo’ladi.

Ho’sh, O’zbekistonliklar iPhone X sotib olishi uchun necha kun ishlashi kerak?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social