Microsoft Paint grafik muharriridan voz kechmoqda

Microsoft Paint grafik muharriridan voz kechmoqda

Microsoft korporatsiyasi Paint grafik muharririni eskirgan deb bilmoqda va uni Windows operatsion tizimidan olib tashlamoqchi.

Microsoft eskirgan deb bilingan funksiyalar ro’yxatini e’lon qilgan. Ushbu funksiyalar ustida ish olib borilmayotganligi hamda operatsion tizimning keying yangilanishida ushbu funksiyalarning olib tashlanishi aytilmoqda.

Windows 10 operatsion tizimining navbatdagi katta Fall Creators Update yangilanishi shu yilning kuz oylarida chiqishi kutilmoqda.

Paint muharriri 1985 yildan buyon Microsoft operatsion tizimlarining  ajralmas bir bo’lagi bo’lib kelgan. Muharrir rasmlarni tahrirlash uchun bazaviy instrumentlarni o’zida mujassam etgan. Qolaversa bundan tashqari rasm chizish uchun judaqulay vositalardan sanalgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Microsoftning Paint ni Windows operatsion tizimlaridan olib tashlash rejasiga norozilik etirozlarini bildirishgan. Shular qatorida ChaoticRavenger o’z “twitter” ida Paint muharririni “Ajoyib ixtiro”  deb ta’rif bergan.

Video o’yinlar ixtirochisi Mayk Deyli “Ular grafik muharrir dasturining kodini internetga joylashtirib, undan xoxlagan odam foydalana olishi mumkin bo’lsin” deb xabar qoldirgan.

Siz bu yangilikni qanday qabul qilasiz? Shu vaqtgacha Paint grafik muharriri xizmatidan foydalanganmisiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social