Daisy deb nomlangan mashina iPhonening ochish jarayonini avtomatlashtiradi va bir soat davomida 200 ta smartfonning tarkibiy qismlarini ajrata oladi.
Apple atrof-muhitni muhofaza qilish va qayta ishlash texnologiyasini qo’llashi ko’pchilikka juda yaxshi ma’lum. Kompaniya 2016-yildan beri eski iPhone ni tasarruf qilish uchun Liam robotidan foydalangan va endilikda bu ishni yangi Daisy robori amalga oshiradi.
Robot eski qurilmani qayta ishlashga va undan keyin yangi gadjetlar ishlab chiqarishda foydalanish uchun komponentlarni chiqarishga xizmat qiladi. Daisy bu topshiriqni odamlardan ko’ra yanada samarali qiladi. Robot iPhone ning to’qqiz modelini ajrata oladi va bir daqiqadan kamroq vaqt ichida uchta smartfonni ochib tashlaydi.
Mashina nafaqat eski gadjetlarni tezda ochib bermoqda, balki keyinchalik qayta ishlashga jo’natiladigan materiallarni avtomatik ravishda ajratadi. Daisy har 100,000 dona iPhone dan ikki tonna alyuminiy, bir kilogramm oltin, taxminan sakkiz kilogramm kumush va boshqa qimmatbaho metallar chiqarib olishga yordam beradi.
Daisyning taqdimoti Apple Yer kunining arafasida o’tkaziladigan tadbirga bag’ishlangan. 19-dan 30-aprelga qadar kompaniya Tabiatni Saqlash xalqaro jamg’armasiga qayta ishlashga yuborilgan har bir smartfondan ajratishlarni amalga oshiradi.