Dunyodagi eng chiroyli va betakror kutubxonalar

Dunyodagi eng chiroyli va betakror kutubxonalar

Bosma kitoblar raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda ham e’tibordan chetda qolmayapti. Issiq choy ichib, ko‘rpaga o‘rangan holda kitob o‘qishning zavqi boshqacha. Shu sababli sirli muhitga ega va o‘quvchilarni ajoyib olamlarga olib kiradigan o‘n minglab asarlar saqlanadigan kutubxonalar tobora ko‘proq mahalliy aholi va sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.

Triniti kolleji kutubxonasi, Dublin, Irlandiya

Noyob asarlar va xaritalar bilan to‘la to‘q rangli yog‘och javonlar, gumbazsimon shift, yozuvchilarning marmar byustlari — ko‘pchilik qadimiy klassik kutubxonani aynan shunday tasavvur qiladi. Irlandiyadagi 200 ming kitobdan iborat eng katta adabiy xazina nafaqat 800-yilga oid noyob muqaddas Kelt kitobi bilan, balki mashhur tashrif buyuruvchilar — Triniti kolleji bitiruvchilari bilan ham shuhrat qozongan. Ular orasida Vladimir Nabokov, Oskar Uayld va Jonatan Svift kabi adiblar bor.

Admont abbatligining kutubxonasi, Admont, Avstriya

Barokko uslubidagi haqiqiy hashamatli kutubxona Benediktinlar monastirida joylashgan. Uning 70 metr uzunlikdagi oq zalning yettita gumbazi Bartolomeo Altomontening freskalari bilan bezatilgan. Taxminan 200 ming nusxadan iborat fondi bilan dunyodagi eng yirik monastir kutubxonasi hisoblanadi. Jozef Shtammelning haykallari (yog‘ochdan yasalgan bo‘lsa-da, bronza bo‘yoq bilan qoplangan) interyerga alohida ko‘rk va ulug‘vorlik baxsh etadi.

Binhai kutubxonasi, Tyanjin, Xitoy

Gollandiyaning MVRDV arxitektura firmasi tomonidan yaratilgan, markazida yorqin sfera joylashgan kosmik dizayn tufayli Binhai kutubxonasi dunyodagi eng g‘ayrioddiy kutubxonalardan biriga aylangan. Kitoblar shiftga qarab ko‘tariladigan terrasasimon tokchalarida joylashtirilgan. Shu bois futuristik bino inson ko‘ziga o‘xshab ketadi.

Rossiya milliy kutubxonasi, Sankt-Peterburg, Rossiya

Kutubxona loyihasi Yekaterina II tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Aleksandr I davrida tantanali ravishda ochilgan. Bugungi kunda mazkur kutubxona 38 millionga yaqin kitob, qo‘lyozma va turli hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Aytgancha, shiftgacha bo‘lgan kitob javonlari va harakatlanuvchi narvonlar ko‘pchilikka “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi kutubxonani eslatadi.

Eskorial Qirollik kutubxonasi, San-Lorenso-de-El-Eskorial, Ispaniya

Muqaddas Gall monastiri kutubxonasi, Shveysariya

Brandenburg texnika universiteti kutubxonasi, Kotbus, Germaniya

Handelingenkamer parlament kutubxonasi, Gaaga, Niderlandiya

Sankt-Florian monastiri kutubxonasi, Avstriya

Qatar Milliy kutubxonasi, Doha, Qatar

Mazarini kutubxonasi, Parij, Fransiya

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda chiroyli joylar ekan

  2. Bunday gozal joylarga odam borgisi keladi ozi

  3. Jimjitlikda otirib, kitob oqib, foydali malumotlarni topib

  4. Eh, bizda ham shunday chiroyli qurishganda edi…

  5. Fazotvga raxmat, saytila juda yoqadi

  6. Juda chiroyli joylar heart

  7. Juda chiroyli

  8. Kitoblarni oqishni sevmaydiganlar ozi bormi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social