111 ming o‘rgimchak bitta joyda: Albaniya va Gretsiya chegarasida noyob to‘r topildi

111 ming o‘rgimchak bitta joyda: Albaniya va Gretsiya chegarasida noyob to‘r topildi

Albaniya va Gretsiya chegarasida joylashgan Oltingugurt g‘ori (Sulfur Cave) da olimlar hozircha ma’lum bo‘lgan eng yirik o‘rgimchak to‘rini topishdi. Tadqiqotchilarning aytishicha, bu to‘rda 111 mingdan ortiq o‘rgimchak yashaydi. U tor yo‘lak devori bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, taxminan 106 kvadrat metr maydonni egallaydi. To‘r minglab alohida voronkaga o‘xshash inlardan tashkil topgan murakkab tuzilmaga ega.

Tadqiqot mualliflari — Ruminiyadagi Transilvaniya Vengriya universiteti olimi Ishtvan Urak boshchiligidagi guruh — bu holatni ikki xil turdagi o‘rgimchaklarning birgalikda yashashi qayd etilgan birinchi holat deb hisoblaydi. Gap Tegenaria domestica (uy o‘rgimchagi) va Prinerigone vagans turlari haqida ketmoqda. Odatda bu ikki tur alohida yashaydi va koloniya hosil qilmaydi, biroq g‘orning doimiy qorong‘ilik sharoiti ularga bir hududda tinch-totuv yashash imkonini bergan.

Tadqiqotchilarning hisobiga ko‘ra, g‘orda taxminan 69 mingta Tegenaria domestica va 42 mingdan ortiq Prinerigone vagans yashaydi. DNK tahlili aynan shu ikki tur koloniyada ustun ekanini tasdiqladi. Ishtvan Urakning so‘zlariga ko‘ra, bu qadar katta sonli o‘rgimchaklarning bir joyda tinch yashashi tabiatda juda noyob hodisa hisoblanadi.

Bu ulkan to‘rni ilk bor 2022 yilda chexiyalik speleologlar (g‘or tadqiqotchilari) payqashgan. Oradan ikki yil o‘tib, 2024 yilda bu joyga ilmiy ekspeditsiya yuborilgan. Olimlar aniqlashicha, o‘rgimchaklar g‘orda yashovchi mayda pashshalar bilan oziqlanadi. Ular esa oltingugurtni oksidlovchi bakteriyalar hosil qilgan bio plyonka bilan oziqlanadi. G‘or orqali oqib o‘tuvchi oltingugurtli buloq ushbu murakkab ekotizim uchun ideal muhit yaratgan.

Mikrobiom tahlili shuni ko‘rsatdiki, g‘ordagi o‘rgimchaklarning ichak florasi yer yuzida yashovchi o‘z turlariga qaraganda ancha kam xilma-xil, shuningdek, ularning genetik farqlari ekstremal sharoitga moslashganini ko‘rsatadi. Olimlarning fikricha, bu holat izolyatsiya va maxsus muhit qanday qilib tanish turlarda ham kutilmagan xatti-harakat shakllarini keltirib chiqarishi mumkinligiga yorqin misoldir.

Ishtvan Urak ta’kidlashicha, bu noyob koloniyani saqlab qolish muhim, garchi g‘orning ikki davlat — Albaniya va Gretsiya — o‘rtasida joylashgani ayrim muammolarni keltirib chiqarsa-da. Hozirda olimlar bu hududni o‘rganishni davom ettirmoqda va uning g‘ayrioddiy aholisi haqida yangi ilmiy maqola tayyorlamoqda.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilshod

    Fu fu fu… nima bu

  2. Dilshod

    Videosini hozir kordim telegramilada

  3. Dilshod

    Bitta savol tugildi, nimaga olimlar qorqmasdan turishibti bemalol?

  4. Dilshod

    Men bolganimda alaqachon boshqa joyga qochib ketardim rofl

  5. Dilshod

    Tabiat juda qiziq narsa lekin, kutmagan narsalar sodir boladi

  6. Dilshod

    Har doim urushadigan orgimchaklar ham bir birlari bilan tinchgina yashashyapti…

  7. Dilshod

    Odamlar ulardan organishsa bolardi smile

  8. Qoyil qoldim buni tomosha qilib

  9. Qanaqa chiroyli joylar bor dunyoda biz hali kormagan

  10. Firdavs

    Endi ular kattami yoki kichikmi? Rasmda katta qilib korsatilgan

  11. Gulnoza

    dash bad negative

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social