AQSH “grin karta” dasturini vaqtincha to‘xtatdi

AQSH “grin karta” dasturini vaqtincha to‘xtatdi

AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem “grin-karta” lotereyasi dasturini vaqtincha to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

“Grin karta” doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi va AQSH fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga mamlakatda ishlashga ruxsat beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Har yili AQSH hukumati “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV” dasturi doirasida 50 000 ta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.

“Grin karta” dasturi to‘xtatilishiga Braun universitetida otishma sodir etganlikda gumonlangan shaxs ushbu dastur orqali mamlakatga kelgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. 13-dekabr kuni yuz bergan mazkur otishmada o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov ham halok bo‘lgandi. Uni o‘ldirishda gumonlangan erkak esa 18-dekabrga o‘tar kechasi o‘lik holda topilgan.

2025-yilda O‘zbekiston “grin karta” g‘oliblari soni (5,5 ming kishi) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagandi. Keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (3 ming), Tojikiston (2,9 ming) va Qozog‘iston (2 ming) qo‘lga kiritgan. Noyabr oyida Donald Tramp ma’muriyati 19 ta mamlakat, jumladan, Turkmaniston va Afg‘onistondan kelganlarning “grin karta”larini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Kommentlar: 30 komment. 30 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bu juda og‘ir va murakkab vaziyat ekan. Bir insonning jinoyati sabab minglab begunoh odamlarning imkoniyati vaqtincha yopilishi achinarli. Lekin xavfsizlik masalasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

  2. O‘zbekiston grinkarta g‘oliblari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lgani fonida bu qaror ko‘plab oilalar uchun katta xavotir keltirdi. Umid qilamanki bu faqat vaqtinchalik chora bo‘ladi.

  3. MuhammadAziz Umurzoqovning halok bo‘lgani yurakni ezadi. Bunday fojealar siyosiy qarorlar ortida real inson taqdirlari borligini yana bir bor eslatadi.

  4. Grinkarta dasturi yillar davomida ko‘plab mehnatkash va qonuniy immigrantlarga imkon bergan. Muammoni butun dastur emas balki alohida holatlar asosida hal qilish to‘g‘riroq bo‘lardi.

  5. Dilshod

    Jalap, nima bor bitta eban dib hammaga yopishni

  6. Jamshid

    Bu xabarni o‘qib yuragim siqildi chunki ko‘p yoshlar umid bilan shu dasturga topshiradi

  7. Jamshid

    Bir odam qilgan jinoyat uchun minglab begunoh yoshlar imkoniyatdan ayrilmasligi kerak deb o‘ylayman

  8. Jamshid

    Umid qilamanki bu vaqtinchalik bo‘ladi va hammasi yana adolatli yo‘lga tushadi

  9. Tohirjon

    Anchadan beri buni qilish kerak edi

  10. Dilnoza

    Avvalo halok bo‘lgan talaba uchun juda achinaman bu juda og‘ir holat

  11. Dilnoza

    Grin karta orqali kelganlar ham oddiy tinch yashashni istagan odamlar edi

  12. Dilnoza

    Bitta fojia sabab butun dastur to‘xtashi juda alamli

  13. AQSH xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yayotgani tushunarli

  14. Lekin statistika bo‘yicha qaror qabul qilish adolatliroq bo‘lardi

  15. Umid qilamanki tekshiruv kuchayadi lekin dastur butunlay yopilmaydi

  16. Juda xafa bo‘ldim chunki bu ko‘plab yoshlarning orzusi edi

  17. Yillar davomida tayyorlanib kutganlar bor edi axir

  18. Ba’zan dunyo juda adolatsizdek tuyuladi

  19. AQSH har doim shunaqa bahona topadi

  20. Bitta voqea bilan butun xalqni shubha ostida qoldirish noto‘g‘ri

  21. Bu qaror yoshlarning kelajagiga befarqlik deb o‘ylayman

  22. JALAPLAR!

  23. Buyam yopildi, faqat Meksikadan yugirish qoldi

  24. Qachon yugiramiz? laugh1

  25. Muhriddin

    JALAPLAR!!!

  26. Muhammad

    Kim borardi u yerga ozi, yomon joy

  27. Grin kartaga endi qatnashmoqchidim sad

  28. Test Foydalanuvchi

    Bu yangilik juda tashvishli. Munosabat bildiramiz.

  29. Ikkinchi fikr

    Bu yangi dastur to‘xtashi befarq emas, lekin nima uchun aynan endi?

  30. Chunki Grin karta yutgan odam boshqalarni oldirdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social