Kapalaklarning ta’siri haqida ko’pchilik eshitgan va kichik ta’sir katta oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday ta’sirlarning biri – asalarilar hisoblanadi. Sizningcha, mazkur hasharotlar birdaniga yo’q bo’lib qolsa, sayyoramizga nima bo’ladi? Insoniyat shunchaki asalsiz o’tadimi yoki jiddiyroq sabablar keltirib chiqaradimi? Mazkur savollarga aynan shu maqolada javob topishingiz mumkin.
Har birimiz bilamizki, sayyoramizdagi biologik rang-baranglikni changlanish hosil qiladi. Ammo siz oziq-ovqat ekinlarining qaysi foizi asalarilar tomonidan changlanishini o’ylab ko’rmagan bo’lsangiz kerak. Statistika insonni hayratga solishi mumkin: butun dunyodagi meva, sabzavot va urug’larning 87% shu kichik ishchilarga bog’liq ekan.
Kofe sevuchilar asalarilarning birinchi himoyachilari bo’lishi kerak
Asalarilar kofening asosiy changlatuvchilari hisoblanadi va ularsiz bu xushbo’y donni ta’minlash sezilarli darajada kamayadi va global kompaniyalar ishlab chiqarishni to’xtatishga majbur bo’ladi. Albatta, siz qahvasiz yashashingiz mumkin, u asosiy mahsulot emas. Lekin Lotin Amerikasining ko’plab mamlakatlar aholisining aksariyati kofe sanoati sohasida ishlaydi. Shunday qilib, asalarisiz millionlab insonlar ishsizlik va ochlikka mahkum bo’lishi mumkin.
Jinsi shim muxlislari ham xavf ostida
Paxtadan qilingan matolar ayollarning 60% dan ko’proq kiyimini va erkaklarning 75% dan ortiq kiyimini tashkil qiladi va aynan, asalarilar paxtani changlatadi. Agarda ushbu material yo’qolsa, jinsi shim va ko’ylaklar bilan xayrlashishga to’g’ri keladi. Albatta, hozirda sun’iy matolar yaratish mumkin, lekin shu orqali kiyimlar qimmatroq bo’lishi mumkin yoki ko’proq sintetika mahsulotlarini ishlatishga to’g’ri keladi. Lekin barchamizga ma’lumki, sintetik mahsulotda tana haroratini bir maromda saqlab qolish mumkin emas.
Har bir go’sht sevuvchi gullarni o’stirishi kerak
Shoxli hayvonlarga don va kepak kabi ozuqalar berish mumkin, lekin hayvonlar yog’li ekinlarsiz (faqat asalarilar changlatadi) kerakli vazn ololmaydi. Asalarsiz, sigirlar kasal bo’lishi, vazn yo’qotishi, yurak bilan bog’liq muammolarga duch kelishi va ularning go’shtlari bemaza bo’lib qolishi mumkin. Albatta, siz garmonlarda yetishtirilgan go’shtni sotib olishni istamaysiz?!
Do’konlar nimaga o’xshash bo’ladi?
Whole Foods do’konlari tajriba sifatida, nazariy ravishda asalarisiz foydalanish mumkin bo’lgan sutli maxsulotlarni o’z do’konlarida qoldirishdi. Foydalanuvchilarga bu yoqmadi, chunki mahsulotning taxminan 50 foizi g’oyib bo’ldi. Keyin huddi shu tajriba sabzavot va mevalar bilan o’tkazildi: karam, olma, sabzi va boshqa ko’p narsalar do’konlardan olib tashlandi. Qolgan mahsulotlarning narxi osmonga ko’tarilib ketdi va ko’pchilik aholiga yetmaydi.
Boshqa changlatuvchi bor – ko’rshapalaklar, qushlar, kapalaklar, lekin ularning kuchi butun insoniyatni boqish uchun yetarli emas.
Insonlarga nima bo’ladi?
Olimlarning fikri ikkiga bo’lindi: ularning biri uzoq vaqt davomida asalarisiz yashashga qodir emasmiz, ba’zilari esa ochlik va ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkin, ammo insoniyat yashashda davom etaveradi deb ta’kidlashmoqda. Asalarichilar jamoasi shakarni asal o’rniga ishlatish mumkinligini, ammo changlatish uchun o’rinbosar yo’qligi aytishmoqda. Asalarichilik va atrof-muhitga ko’proq e’tibor berish kerak, changlatuvchi-robotlarni rivojlantirishga katta pul sarflash telbalikdir.
Turli fikrlarga qaramasdan, asalarisiz dunyo o’zgaradi, ammo yaxshi tarafga emas. Bu tabiat yaratgan hamma narsa bir zanjirga bog’liq va birinchi qarashda, hatto eng arzimas hasharotlar yo’qolishi global falokat olib kelishi mumkin ekan.
Nima deb o’ylaysiz, insoniyat barchasiga o’rinbosar topa oladimi yoki tabiat tomonidan yaratilgan narsa o’rniga hech nima topish mumkin emasmi?