Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan chiroyli bo‘rilarni «qayta yaratdi»

Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan chiroyli bo‘rilarni «qayta yaratdi»

Mutaxassislar bo‘rining Amerika muzeylaridagi tosh qotgan bo‘laklaridan DNK ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Colossal Biosciences biotexnologik startapi Shimoliy Amerikada yashagan va bundan 10 ming yil oldin yo‘qolib ketgan dahshatli bo‘rini (Aenocyon dirus) «qayta yaratishga» muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi, deb yozmoqda Time.

Qayd etilishicha, biotexnologik kompaniya dahshatli bo‘rining Amerika muzeylarida saqlanayotgan tosh qotgan bo‘laklaridan DNK ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin olimlar Canis lupus kulrang bo‘ri genomida bir nechta mutatsiyani amal oshirgan: uning vazn va o‘lchami kattalashgan, tishlari va jag‘i yiriklashgan, yunglari oqargan.

Kompaniya press-reliziga ko‘ra, tadqiqotchilar zamonaviy bo‘rining 14 ta genomiga 20 ta o‘zgartirish kiritgan. Olingan hujayralar itlarning tuxum hujayrasiga joylashtirilgan. Shuningdek, itlar surrogat ona vazifasini bajargan.

Colossal Biosciences’ning ta’kidlashicha, tug‘ilgan kuchuklar qirilib ketgan dahshatli bo‘rining aniq nusxasi emas — ular bo‘rining ba’zi xususiyatlariga ega. Kompaniya tajriba tafsilotlarini keltirmagan, tadqiqot hozircha biror-bir ilmiy jurnalda chop etilmagan.

Tajriba natijasida uchta sog‘lom kuchuk tug‘ilgan — ularga Rimning afsonaviy asoschilari Romul va Rem, urg‘ochi kuchukka esa «Taxtlar o‘yini» qahramoni Khalisi nomi berilgan. 

Time’ning qayd etishicha, qirilib ketgan turlarni qayta yaratish murakkab etik masalalarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, Romul, Rem va Khalisining tug‘ilishida foydalanilgan texnologiya yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ayrim turlarni saqlab qolishga yordam berishi mumkin.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Ваще чиройли бурила

  2. Тимур

    Битта жойда укудим булани Тахдлар уйинидаги бурилага ухшатишади

  3. Тимур

    Ростанам жуда ухшашади, энди якинда мамонтланиям кайтаришади

  4. Тимур

    Динозаврлани кайтаришмаса булди rofl

  5. Тимур

    Jurassic World laugh

  6. Malikaxon

    Chiroyli heart

  7. Diyoraxon

    Juda oxshaydi osha serialdagi borilarga, Starklar oilasidagi

  8. Diyoraxon

    Kopaytirisharmikan ularni?

  9. Kimga kerak edi ularni qaytarish?

  10. Ulug'bek

    Ajoyib, lekin yolg’on dib chiqdi

  11. Yolginakanmi?

  12. Shoxista

    Hm, yolgon diyishvotti

  13. Eh, mayli unknw

  14. Haqiqatdanmi?

    Ozoda

  15. WOLF

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social