Dunyoning elit qatlami uchun bu yil fantastik yil bo‘ldi. Ro‘yxatdagi 5 nafar eng boy odam shu yilning o‘zidayoq 112 milliard dollarga boyidi, deb yozadi Forbes nashri.
Nashr yilning eng ko‘p mablag‘ jamg‘argan va zarar ko‘rgan milliarderlari beshligini tuzdi.
Eng-eng eng boylar beshtaligi.
Bernar Arno 2019 yilda sayyoramizning eng boy odami deb topilgan. Birgina 2019 yilda uning daromadi 40 milliard dollarga ko‘paygan. Umumiy boyligi esa 107,7 milliardga yetadi. Bernar Arno ayni paytda 40 dan ortiq brendlarning egasi.
Facebook asoschisi Mark Tsukerburg esa 2019 yilning ikkinchi raqamli milliarderi. Uning daromadlari umumiy tarzda 72 milliard dollarga baholangan.
Qayd etish joizki, o‘tgan yilgi ro‘yxatda eng ko‘p yo‘qotishlarga uchragan milliarder sifatida qayd etilgan Tsukerburg 2018 yilda yo‘qotgan 18,7 milliard dollarning o‘rniga joriy yilda 22,1 milliard jamg‘arishga ulgurgan.
«Bugun haqiqiy ma’noda sotsial tendensiyalar davri boshlandi. O‘ylaymanki, mening kompaniyam ham erkin so‘z erkinligini ta’minlashdagi kurashda asosiy rol o‘ynamoqda», — deydi Tsukerburg faoliyati haqida faxr bilan.
Zara kompaniyasining asoschisi Amansio Ortega esa ro‘yxatga uchinchi dunyo milliarderi sifatida kiritilgan. Amansio ham o‘tgan yilgi yo‘qotishlarga uchraganlar ro‘yxatida bo‘lish «baxti»ni bir marta his qilib ko‘rgandan keyin bu yil o‘z mahsulotlari savdosini 34 foizga oshirdi.
To‘rtinchi o‘rinni Microsoft kompaniyasining sobiq direktori Stiv Balmer band qilgan bo‘lsa, beshinchi bo‘lishga hindistonlik tadbirkor Jio Mukesh Ambani erishdi.
«Omadsizlar beshligi»da kimlar bor?
Bu ro‘yxatning boshida Hindistonning ikkinchi eng boy odami Azim Premji turibdi. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan kompaniyasi egalik qiladigan Azim Premji 2019 yilda 14,1 milliard dollar yo‘qotdi.
O‘tgan yilning eng boy odami deb topilgan Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos bu yil omadsiz milliarderlar qatorida. Bunga uning xotini bilan 25 yillik turmushdan so‘ng ajrashgani hamda mol-mulkining ma’lum qismi sobiq rafiqasi hisobiga o‘tgani sabab bo‘lgan.
Hind mediaxoldingi rahbari Subhash Chandra bu yilgi yo‘qotuvchilar qatorida. 2019 yilning boshida kompaniyasi savdo aylanmasi 41 foizga pasaygan tadbirkor 3,4 milliard dollar yo‘qotdi.
Uber kompaniyasi sobiq bosh direktori Trevis Kalanik 3,1 milliard dollar bilan dunyodagi boyligidan ajralgan ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda bo‘lsa, savdo markazlarini qurish bo‘yicha shug‘ullanadigan Yan Chji 3 milliard yo‘qotish bilan oxirgi o‘rinni band qildi. Mazkur mag‘lubiyatini u «Murakkab xalqaro iqtisodiy sharoitlar va ichki iqtisodiyotga bosimning oshishi» bilan izohlagan.