Butun kunga yaxshi kayfiyat (+video)

Butun kunga yaxshi kayfiyat (+video)

Ushbu yigit vagonga quyidagi so`zlar bilan kirib keldi: “Salom! Menga pul kerak emas, men shunchaki sizlarni ozgina bo`lsa ham xursand qilishni xohlayman”. Keyin u Djeyms Braunning “I Feel Good” qo`shig`ini qo`ydi va … haqiqiy bayram qildi!

Piter Sharp ismli ushbu g`alati yigit, yondiradigan va quvnoq raqsni ijro etishga tushdi, hamda u yo`lovchilarga qo`shilishiga chaqiriq xam berdi.

Hayratda qolgan insonlarning yuzlarida tabbasum paydo bo`lishini ko`rish mumkin! Bir necha daqiqadan so`ng ko`pchilik o`z o`rinlaridan turib va raqsga tushishni boshlashdi. Piterning insonlarga quvonch ulashish maqsadi muvaffaqiyatli bo`ldi!

Ushbu videoni bir marotaba ko`rishda kayfiyat ko`tariladi. Tassavur qiling, qancha ijobiy “zaryad”ni vagonda ketayotgan insonlar olgan.

Manba: Marketium

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social