Capturing Ecology 2025 tanlovining eng sara suratlari

Capturing Ecology 2025 tanlovining eng sara suratlari

Britaniya Ekologiya jamiyati (British Ecological Society) an’anaviy Capturing Ecology 2025 xalqaro fototanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Bu yilgi tanlov ekologiya, biologik xilma-xillik va inson hamda tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirgan suratlar e’tiborga olindi. Tanlovga dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan 1100 dan ziyod fotosurat kelib tushgan bo‘lib, ulardan atigi 17 tasi eng yaxshi deb topildi.

Tanlovning Gran-pri mukofoti fotograf Jamol Kabirga nasib etdi. U “Uchayotgan Uolles qurbaqasi” deb nomlangan surat bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori e’tirof qilindi. Ushbu kadr Panamadagi Koyba milliy bog‘ida olingan bo‘lib, unda noyob amfibiya parvoz vaqtida tasvirlangan.

Surat botqoqlik hududida, suv sathi ko‘tarilgan paytda olingan.

“Men imkon qadar ehtiyotkorlik bilan yaqinlashdim va eng muhim lahza — jonivorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zimga qarashini kutdim”, deya hikoya qiladi Jamol Kabir.

Uollesning “uchar” qurbaqalari o‘zining yorqin ranglari va yirik, pardali panjalari bilan mashhur. Aynan shu anatomik xususiyatlari tufayli ular havoda 15 metr masofagacha ucha oladi.

Tanlovning “Ekologlar” nominatsiyasida esa oddiy mormon kapalagi — Papilio polytes tasvirlangan surat g‘olib bo‘ldi.

Muallif ushbu ishini “Soxta ko‘z” deb nomlagan. Fotosuratda kapalak qanotidagi yirtqichlarni chalg‘itishga xizmat qiladigan ko‘zga o‘xshash naqshlar yaqqol aks etgan bo‘lib, bu tabiatning himoya mexanizmlarini ifodalaydi.

Quyida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ishlarini to‘pladik.

O‘simliklar va qo‘ziqorinlar

Ekologiyadagi o‘zaro ta’sirlashuv

Inson va tabiat

Tabiat, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi

Mobil ekologiya

Yirik plan

Shuningdek, hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan yana bir qator fotosuratlar ham bor:

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bu fotosuratlar juda hayratlanarli ekan! Tabiatning g‘ayrioddiy lahzalari — masalan, o‘sha parvoz qiluvchi qurbaqa yoki panteraning yo‘li — haqiqatan ham odamni o‘ylantiradi. Fotosuratlar orqali yerimizdagi hayot xilma-xilligini his qildim

  2. Jamal Kabirning “Wallace’s Flying Frog” fotosurati ayniqsa yoqdi — juda noyob va energetik tasvir. Bu tanlov tabiat tarixini san’at orqali ko‘rsatib berdi, oddiy suratlar emas, balki chuqur hikoyalar

  3. Maqolada turli kategoriyalar bo‘yicha g‘oliblar to‘plami bor ekan: “Odamlar va tabiat”, “Katta rejim” va hatto mobil ekologiya bo‘yicha. Buning o‘zi ham ekologiyaning faqat bir jihat emas, balki hayotning barcha qatlamlarini qamrab olishini ko‘rsatadi

  4. Shuningdek, bu fotosuratlar bizni tabiat muhofazasi va hayvonlarning hayotini anglashga undaydi. O‘ylab ko‘rsam, qandaydir kichik organizmlar ham hayot uchun juda muhim ekanini yanada chuqurroq angladim

  5. Durdona

    Juda chiroyli rasmlar smile

  6. Nazokat

    Vauu bu rasmlar shunchaki foto emas, bu — tabiatning yuragi urayotgandek! Ayniqsa qurbaqa uchayotgan kadr — ekranimga saqlab oldim.

  7. Nazokat

    Shunaqa suratlarni ko‘rib, tabiatni ko‘proq asrash kerakligini yana bir bor his qildim

  8. Nazokat

    Fotograf bo‘lib ketgim kelib qoldi, rost ilhom uchun zo‘r maqola!

  9. Rostdan ham kuchli tanlov bo‘libdi. Ba’zi kadrlar hujjatli filmga o‘xshaydi

  10. Panther bilan olingan surat yurakni siqdi — tabiat ham kurashyapti, odamlar ham tushunsin endi.

  11. Mana shunaqa kontent kerak, foydali ham, chiroyli ham

  12. Ko‘rib ko‘zimga yosh keldi tabiat juda go‘zal, biz esa ba’zida qadrlamaymiz.

  13. Eng yoqqani — mayda jonivorlarning yaqin kadrda olinishi. Juda iliq his qildim

  14. Shu rasmlarni devorga osib qo‘ygim keladi, chinakam san’at!

  15. Fotograf sifatida aytaman — bu daraja boshqa liga kompozitsiya, yorug‘lik, lahza — hammasi zo‘r.

  16. Ayniqsa mobil kategoriya yoqdi, telefon bilan shunaqa kadrlar olish mumkinligini ko‘rsatibdi.

  17. Ilhom oldim, bugun tabiatga chiqib suratga tushaman

  18. Shu rasmlarni ko‘rib ichim yumshab ketdi tabiat ham tirik, his qiladigan narsa ekan.

  19. Qiziq, ba’zi hayvonlarning nigohi odamnikidek tuyuladi… juda chuqur ma’no bor.

  20. Bunday tanlovlar ko‘proq bo‘lishi kerak, odamlar uyg‘onadi

  21. Shodiya

    Juda chiroyli rasmlar heart

  22. Zo‘r deyish mumkin, lekin shunaqa rasmlarni ko‘rib ham odamlar tabiatni baribir yo‘q qilyapti

  23. Suratlar chiroyli, lekin real hayotda ekologiya bilan ishlar juda yomon ketayapti — shu achinarli.

  24. Baribir, fotografchilarga respect, kamida muammoni ko‘rsatib berishyapti

  25. Klass good good good

  26. Ajoyib rasmlar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social