Semizlik ko`pgina kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu muammo katta yoshdagi kishilarda ham yoshlarda ham tez tez uchrab turadi. Tabiiyki yosh o`tgani sayin organizmda semizlikka moyillik kuchayadi. Ammo bu katta yoshlilarda uchraydigan holat. Semizlikka moyillik gendan o`tgan bo`lishi yoki me`yordan ortiq ovqatlanishdan yoki bo`lmasa kasallikdan bo`lishi mumkin. Agar semizlikka moyillik gendan o`tgan bo`lsa bu holatdagi kishilarga ortiqcha vazndan qutulish qiyinroq kechadi. Bunday kishilar doimo harakatda bo`lishi, kamroq ammo vitaminli taomlar iste`mol qilishi lozim.
Bunday kishilar sport bilan shug`ullanish bilan bir qatorda dieta tutishlari ham kerak bo`lishi mumkin. Semizlikka moyillik gendan o`tgan bo`lsa bunday kishilarga katta iroda va sabr toqat kerak bo`ladi. Ammo semizlik insonning o`zidagi yomon odatlardan biri ya`ni me`yoridan ortiq ovqatlanish natijasida kelib chiqqan bo`lsa, bunday odamlar iloji boricha nafslarini tiyishni o`rganganlari ma`qul. Shunday kishilar ozish harakatida bo`lsalar, ularga quyidagi maslahatlarni berib o`tamiz:
• Iloji boricha bir kunda 4 yoki 5 marta oz ozdan eyishni o`rganing. Asosiy ovqatlar nonushta, tushki ovqat va kechlikdan tashqari holatlarda biror meva yoki sabzavot eyish etarli. Eng asosiysi kam kaloriyali bo`lishi kerak.
• Ovqatni hech qachon shoshib emang. Har doim ovqatlanishdan oldin bir bo`lak karam bargini yoki bo`lmasa savzi eyishni maslahat beramiz. Bunda karam bargi tanadagi ortiqcha yog`larni parchalanishiga yordam beradi va sizni ochlik hissidan halos etadi. Ovqatni asta sekin eyishga o`rganing shunda qorningiz tezroq to`yadi.
• Hech qachon kechki soat 6 dan so`ng ovqatlanmang. Mabodo 6 dan so`ng qorningiz ochiqqanini his qilsangiz, sabzi, olma istemol qilishngiz yoki qatiq ichishingiz mumkin.
• Har kuni 20 minutdan yoki bo`lmasa haftada uch marta 1 soatdan sheyping mashqlarini bajaring. Ammo mashqlarni ovqatlanishdan 1 soat keyin bajarish kerak.
• Iloji boricha yog`li, qovurilgan taomlardan kamroq eng. Umuman emaslik juda yaxshi bo`ladi.
Har doim yodingizda bo`lsin, inson eyish uchun emas, yashash uchun eyish kerak. Ortiqcha semizlik bir qator kasalliklarga sabab bo`lishi hammamizga juda yaxshi ma`lum. Ortiqcha vazndagi kishilar, yurak, oshqozon, ichak va qon bosimi kabi kasalliklarga moyil bo`ladilar. Shuning uchun sog`lom hayot tarzini o`zingizga odat qilib oling.
диета узи фойдани олиб келадими?
dieta xammaga xam bulmaydi. chunki xammada organizm boshqa boshqa. ko’plari qizlar ozish uchun dieta tutyapti,lekin ularning organizm tayor bulmasa, dieta orqali albatta ko’p kasaliklar kelishni boshlaydi.
Ҳеч қачон кечки соат 6 дан сўнг овқатланманг – xech bu maslaxatga tushunolmayapman,buni nimasi foydali?
кечки соат 6 дан кейин овкатланмаса, очдан улиш мумкинку, айникса ёз кунлари