Chaqmoq, Google kompaniyasining Belgiyadagi data-tsentridagi bir qancha ma`lumotlarning uchib ketishiga sabab bo`ldi. Hodisa 13- avgust kuni sodir bo`lgan. Google ma`lumotlarini qayta ishlash markazining elektr ta`minoti tizimiga urgan 4 ta chaqmoq natijasida elektr ta`minot manbai vaqtincha ishdan chiqqan. Serverlarning elektr ta`minoti operativ suratda qayta ishga tushurilishiga qaramasdan, ma`lumotlarning bir qismi yo`qotilgan.
Google Cloud Platform (GCP) platformasiga bog`liq tarmoq ma`lumot saqlagichlardagi 0.000001% ma`lumot qaytarib bo`lmas darajada yo`qotilgan. Shu bilan bir qatorda kompaniya xozimlari yo`qolgan ma`lumotlarning turini va bu ma`lumotlar kimlarga tegishli bo`lganligini aniqlay olishmagan. 13 -17 avgust oralig`ida g`arb zonaga tegishli 5% yaqin tarmoq ma`lumot to`plagichlar bir xil kiritish-chiqarish xatoligini qo`rsatib turgan.
Google kompaniyasi yo`qolgan ma`lumotlar uchun uzr suradi va keyinchalik bu kabi noxush hodisalarning oldini olishga va`da berdi. Hozirda Google elektromanbayi uzulishlariga sezuvchanlik darajasi kam bo`lgan fizik yig`uvchilarga o`tishni amalga oshirmoqda. Bu jarayon kelgusida platformaning barqaror ishlashi va har qanday noxush holatlarning oldini olishda katta foyda berishi mumkin.
Manba: CNews