The Telegraph nashrining xabar berishicha, 1962-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO avtomobili 45 million funt sterling ($ 56 million) narxda sotuvga chiqarilgan.
Ushbu avtomobil “12 soat Sebring” marafonida qatnashgani bilan mashxurdir. Mazkur mashina o’z turi bo’yicha g’alaba qozongan va umumiy natijada ikkinchi o’rinni egallagan. Shuningdek “24 soat Le-Mana” musobaqasida ham qatnashgan. U yerda oltinchi bo’lib finishga kelgan va o’z turida g’alaba qozongan.
Avtomobil V12 dvigatelga ega, uning quvvati 300 ot kuchidir va 6 soniya ichida 100 km tezlikga chiqishi mumkin, uning maksimal tezligi esa soatiga 270 km ni tashkil etadi.
Manba: Telegraph News