Haftada bir marta qilish kerak bo’lgan 10 narsalar

Haftada bir marta qilish kerak bo’lgan 10 narsalar

Muhim narsalar ro’yxatini qilishni yaxshi ko’rasizmi? Biz o’z ro’yxatimizni tayyorlab qo’ydik: ba’zi narsalar ahamiyatsiz tuyulishi mumkin, lekin ular haqida unutmaslik kerak.

  • Shahar tashqarisiga chiqish. Yoki hech bo’lmaganda istirohat bog’larga – haqiqiy havo ta’mi nima ekanligini unutmang.
  • Qo’lda yozish. Hozirgi vaqtda insonlar ko’proq smartfonda yozishni avzal ko’rishadi, shuning uchun qo’lda yozish yaxshi mashq bo’ladi.
  • Do’stlar bilan uchrashuv. Shunchaki birga o’tirib choy ichish ham mumkin.
  • Poyafzal tozalash. Haftada poyabzal va shippakni barcha qoidalar bilan tozalashga kamida bir soat vaqt ajrating.
  • Yangiliklarni o’qish.
  • Yangiliklardan tashqari boshqa narsalarni o’qish. Adabiyot yoki ilmiy-mashxur kitoblarni o’qish.
  • Ovqat tayyorlash. Albatta onajonlarimiz tayyorlab ketgan ovqatni isitish emas.
  • Vada bergan so’zingizdan chiqish: vaqtliroq uyquga yotish, ishlarni ohirigacha yetkazish.
  • An’anaga rioya qilish. Masalan, har seshanba do’stlar bilan futbol o’ynash. Har yakshanba kuni shahar tashqarisiga tabiatga chiqish va hokazo.
  • Mustaqil ta’lim bilan shug’ulanish. Ko’rgazmalar, ma’ruzalar, hujjatli kino, video … Miyaga ham mashqlar kerak.

Umid qilamiz ro’yxatimiz sizga foydali bo’ladi. Agarda ushbu ro’yxatga nimadir qo’shmoqchi bo’lsangiz izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ro’yxat ajoyib tuzulgan faqat bitta masala bularni barchasini bajarish uchun birinchi navbatda pul ikkichisi esa vaqtni to’g’ri taqsimlay olish kerak

  2. Bulani hammasini qilaolganimda manimcha hozir bu kommentni man yozmagan bulardim va silla ham uqimagan bulardiylar. Chunki muvaffaqiyatning sirlaridan biri bu vaqtni tugri taqsimlay olish va har bir inson uz oldida turgan ishlarga tugri prioritet quya bilishida deb bilaman

  3. ucell bizni hatoyimiz ham aynan mana shunda-biz juda kup narsani bilamizu lekin kam bajaramiz yoki amal qilamiz, bilish bu yaxshi, lekin faqat bilish bilan ish bitmaydi, barcha narsa harakatda, bilgan narsalaringizni amalda bajaraolishimizda

  4. yuqorida olamning fikrlariga qushilaman, sababi bilib turib shunga amal qilmaslik yoki bajarmaslik bu axmoqlik, lekin maqoladagi keltirilgan ruyxatdan 80 foyizini man amalda bajarib kelayotgan ekanman, buning uchun hech qanday qushimcha pul va vaqt ham kerak emas smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social