“Stress” termini uzoq tarixga ega, bu so`z lotin tilida stringere – taranglamoq, bog`lamoq degan manoga yaqinroq keladi. Meditsinada esa stress (ingl) – bosim, iskanja ma`nolarini anglatadi. Bu termin birinchi bor kanadalik olim G. Sel`e (1907-1982) tomonidan kiritilgan.
Stress bizning hayotimizda odatiy holat bo`lib qolgan. Bu hodisa har doyim tabiyat va jamiyatda bor bo`lgan. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda butun dunyodagi fiziologiya sohasining etuk olimlari stress va uni keltirib chiqaruvchi omillarni katta qiziqish bilan o`rganishmoqda.
Olimlar isbotlashdiki, doimiy hissiy kechilmalar inson immunitetini zaiflashtirar ekan. Natijada stress psixosomatik kasalliklarning, nevrozning, yurak ish faoliyatini buzilishi, oshqozon ichak yaralari paydo bo`lishi, endokriniya kasalliklarini yuzaga kelishiga sabab bo`lar ekan. Bir so`z bilan aytganda stress insonda yuqorida atab o`tgan kasalliklarning paydo bo`lishiga hizmat qiladi. Bunday yomon oqibatlarga olib kelishi asosiy sabablari nimada? Nima sabab hozirgi kunda stress hozir ham bizda yuzaga keladi?
Yana shunisi ham isbotlandiki, hozirgi kunda insonning ruhiy va jismoniy zaifligi nafaqat uni o`rab turgan muhit, balki uning o`zining hayot tarzi ham sabab bo`lar ekan. “Stress” tushunchasi asosan: behuda urinish, vaqt etishmasligi, axborotning kamligi, nizolar va shu kabi yomon holatlardan kelib chiqadi. Yana boshqa bir sabab bu insonga etarlicha munosabat etishmasligi.
Stress kelib chiqishi sabablari ilmiy tarafdan ruhiy tarafga aylanib borayotganini sezish qiyin emas. Shu bilan birga stressni ilmiy usullar bilan emas, balkiy ruhiy usullar bilan davolanishi kerak. Nemis fiziolog olimi Karl Gext stressga bag`ishlangan o`zining kitobida, shunday yakunga keladi: “Ruh va ko`ngil insonning butunlay sog`lom yurishi uchun muhum funktsiyalar bo`lib sanaladi. Biz har kuni mikroblardan himoyalanishimiz uchun yuvunamiz, shu kabi ruhimiz va ko`nglimiz haqida g`amxo`rlik qilsak, stress holatiga tushushimiz ham shu kabi kam bo`lardi ”. Shundan kelib chiqadiki, insonlar o`z ishlariga shu qadar berilib ketadiki, o`zlarining salomatligi va tuyg`ularini esdan chiqarishadi. Ruhiy holat va his tuyg`ular har bir insonda, sog`lom bo`lishi uchun muhum o`rin tutadi. Bu so`zlarga quloq solish vaqti kelmaptimikin?
Манимча хозир дунёда купчилик катта ёшдаги, ёш боллардан ташкари купчилик катта ёшдаги одамлар стресс билан юради
нима учун бундай, юкорида айтиб утилган сабаблардан ташкари яна кандай сабаблар бор, или энг куп сабаб нимада аслида
хоким – узиз бир уйлаб куринг, нима асосий сабаб булиши мумкин. албатта бу “пул” “бойлик”. бази бир одамларга канча куп булса шунча кам дек туюлади, улар яна ва яна купрок топиш изидан тухташмайди, шунга ухшаш яна жуда куп мисоллар келтиришим мумкин, но асосий сабаб бу “пул” деб уйлайман
bilmadim-bilmadim, manimcha bu sal noto’g’ri
albatta stress xayotga xech yaxshi narsani olib kirmidi. faqat uzi bilan zarar olib kelyadi.
Stress paytida buni kimgadir acting.Boland joyga chiqib baqiring,foydasi bor
Hozrgi kunda stress bizni hayotimiz mazmunide bop qolgan har kuni stress man o’zmdan o’zm yiģlashim manga man hohlamagan ish buyurishganda stress holiga tuwaman 1 kunim stress siz o’tmagan har kuni yiģlash stress asabiylashish baqirish shu bilan 1 kunib o’tib ketadi o’zmni qande ayashni blmeman 1ta qoshiq eshitsam ham yiģlavoraman bironta narsamni be soroq olishga asbiylashaman baqiraman shu bilan kun boyi stress kayfiyat 000 bop o’tadi mani hayotimda hech kim bo’lmasligini hohliman manga hech kim gapirmasligini hohliman lkn buni iloji yoq mani tushunishmedi bir kun mas bir kun mani ham chunib qolishar dep kutaman necha yildan beri lkn chunishmayapti mani tushunishsa bo’ldi boshqa hech narsa kerek emas mani 1 hafta tinch qoyishsa o’zmga kelib olaman.