Styuard va styuardessalar samolyotda choy va qahva ichmaslikga harakat qilishar ekan. Biznes Insider nega shunday ekanligini tushuntirib berish uchun styuardessalarni topdi.
Hammasi oddiy: samolyotda issiq ichimliklar uchun suv sterilizatsiyalangan shishalardan emas, balki krandan olinadi. Vaqt o’tib u yerda oxir-oqibat kirlanish darajasi kuchli bo’lishi mumkin.
EPA 2004-yilda tekshiruv o’tkazib, 158 samolyotlardan suv namunasi olindi va namunalarning 13% da zararli kolimorf bakteriyalar topildi. Ikkita samolyotda esa ichak tayoqchalar virusi topildi.
So’ngra, EPK yanada batafsil ko’rikdan o’tkazib, agarda siz samolyot suvini ichsangiz bu muammolarni olish xavfi – 1/8 bo’ladi degan xulosaga kelishdi.
Sabablari – ikkita.
Birinchidan, samolyotda suv kamdan-kam hollarda o’zgaradi. Ikkinchidan, suv tanklar xavfsizlik qoidalari talablariga ko’ra ancha kam yuviladi.
Baylor universiteti tibbiy markazining doktori Sedrik Spak – “Samolyotdagi suvlarni bolalarga berish yaxshi fikr emas” – deb ta’kidlab o’tdi.
Sizchi, samolyotda choy va qahva ichasizmi?