Tokio universitet olimlari, insonning qo`li uyali telefon uchun asos bo`luvchi texnalogiyani yaratishdi. Tadqiqotchi Masotashi Ishikava uyali telefonni inson kafti orqali ishlata olishiga erisha oldi. Ushbu telefon qo`l soatidan katta bo`lmagan o`lchamga egadir.
Olimlar ikkita aylanuvchi oyna va maxsus tez ta`sir etuvchi kameralarni ishlatish yordamida, katta diagonalli va noqulay displeydan halos bo`lishga erishishdi. Sistema uch o`lchamli obektning har bir millisekunddagi harakatini aniqlay oladi. Bir so`z bilan aytganda, bunday proektsion telefonning displeyi foydalanuvchi hattoki qo`li bilan harakatlanganda ham, aniq ta`svirni ko`rsata oladi. Ko`proq realizmga erishish maqsadida, yangi kashfiyotning mualliflari, uni ultratovushli tarqatgich bilan ta`minladi. Ular foydalanuvchiga, real ob`ektga tegina olishni ta`minlab beradi.
Hozirda “kaft orqali ishlatiladigan telefon” ko`chmas proektsion sistema ko`rinishida sinovdan o`tmoqda. Sinovlar tugallangach, besh yoki olti yildan so`ng ushbu yangi texnologiyani ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
вой буййй янгиликлар хар куни чикяптию, бу кетишда хаммаёк 3Д буб коладими дейман
nimala qilyapti videoda? kim tushundi?