Kitob oʻqish yana qanday qilib maqom timsoliga aylandi

Kitob oʻqish yana qanday qilib maqom timsoliga aylandi

Bugun koʻp kitob oʻqiydiganlar tanqid va masxaraga uchramoqda. Kimlardir Nabokov yoki Prustni shunchaki zavq uchun oʻqish mumkinligiga ishonmaydi, boshqalar esa kafeda ataylab kitob oʻqib, oʻzining ustun mavqeini namoyish etmoqchi boʻladi. Kim haq, kim nohaq? Adabiyot shunchaki didlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan maydonmi?

Kitob — yangi status belgisi

Zamona oʻzgarmoqda: bugun sizning mavqeingiz haqida eng yaxshi signal bu siz oʻqiyotgan kitob, nafaqat qoʻlingizdagi Birkin. Ayniqsa, “yuqori didli”, intellektual adabiyot — keng ommaga moʻljallanmagan asarlar — tobora ommalashmoqda. Odamlar ularni kafelar, restoranlarda bemalol oʻqib, hatto bu jarayonni namoyishga aylantirishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa bahs avjida: bunday “shou”ga aylantirish toʻgʻrimi? Kitob oʻqish yana jamiyatdagi ijtimoiy maqomning belgisi boʻlib qolganmi — bu muammo, yoki biz intilgan normal holatmi?

Bugungi davrning madaniy shiorlariga nazar soling: “Reading is sexy” (“Oʻqish — jozibali”) degan yozuvli shopperlar, yoki rejissyor Jon Uotersning mashhur soʻzi: “Agar biror kishining uyida kitob boʻlmasa, u bilan hech qachon jinsiy aloqa qilma”. Bular zamonaviy madaniyat kodlari boʻlib qoldi. Oʻylab koʻrmaymizki, bugun tanishlarimiz yoki begona odamlarni baholashda kitob oʻqiydimi yoki yoʻq — asosiy mezonga aylangan.

Soʻnggi yillarda kitob tutgan odamlar soni keskin ortdi: odamlar metroda, parkda, kafeda, ochiq verandalarda oʻqiydi. Va, albatta, ular estetik suratni unutmaydi — barchasi ijtimoiy tarmoqqa chiqadi.

Oʻqish — bilim uchunmi yoki koʻz-koʻz qilish uchun?

Koʻpchilik bugun kitobni bilim olish yoki ilhomlanish uchun emas, balki atrofdagilarga “aqlli” va “elita” qatlamiga mansub ekani koʻrinib tursin deb oʻqiydi. Yaqinda The Guardian “performativ oʻqish” (ya’ni, oʻzini koʻrsatish uchun oʻqish) mavzusiga bagʻishlangan maqola e’lon qildi. Kitob oʻqish shaxsiy jarayon boʻlishi kerakmi yoki bu yerda estetiklarni tinch qoʻyish vaqti keldimi?

Jeyms Joys va bitta espresso

Tasavvur qiling: ishga shoshayotganingizda yoʻl-yoʻlakay ertalabki kofeni olish uchun kafega kirdingiz. Deraza yonida oʻtirgan zamonaviy koʻrinishdagi erkak, qoʻlida Jeyms Joysning mashhur “Ullis” asari, stolida esa yarim ichilgan espresso. U goʻyo butun koʻrinishi bilan shunday deydi: “Men estetman, ziyoliman”.

Koʻp ehtimol bilan bu lahzani u allaqachon story yoki reels formatida oʻz sahifasida joylagan. Buni koʻrib, kimdir “Barakalla, oʻqiyapti!” desa, ijtimoiy tarmoqlarda tanqidchilar tayyor: “Kimni qoyil qoldirmoqchi eding?”, “Ajoyib sahnalashtirilgan spektakl, rahmat”, “Shunday o‘qiguningcha, butunlay oʻqimaganing afzal”.

Bu aynan “performativ oʻqish”dir — ya’ni, kitob oʻqish faqat bilim emas, balki oʻzini namoyish etish vositasi sifatida ishlatilayotgan holat. Odamlar interyerda koʻzga tashlanadigan kitoblar tanlaydi, murakkab adabiyot bilan ijtimoiy maqomini koʻrsatadi.

Muammo bormi — va u nimada?

Umumiy norozilik kutilgan hol: ba’zilar boshqalarning sevimli mashgʻulotlaridan oʻzlari gʻazablanishadi. Muammo kitobda emas, balki statusni namoyish qilishdadir. Nega endi kimdir “Nabokovning ‘In’om’ini zavq bilan oʻqiyapti” deb ishonish qiyin? Like, mashhurlik va ijtimoiy farqlanish shunchalik ongimizga singib ketganki, kimningdir oʻzini rivojlantirishga urinishi ham “pontravoylik” deb baholanadi.

Aslida bu bahs “kim oʻzini kimdan ustunroq his qilishga haqli?” degan oddiy savolga borib taqaladi. “Men oddiy fantastikani oʻqiyman, keraksiz bezaklarsiz” deb oʻylaydigan odamlar ham bor. Ularni murakkab asarlar, qimmat muqovalar, “oliy did”li kitobxonlar jahlini chiqaradi. Lekin bular juda subyektiv. Kimdir uchun Fyodor Dostoyevskiy ham tushunarsiz boʻlishi mumkin, boshqasi esa hatto Syuzan Kolinzni ham zoʻrgʻa oʻqiydi.

Madaniy tafovut va oʻzini qadrlash

Kultural kapitaldagi farq jamiyatda boʻlinishga olib keladi. Ammo shuni unutmaslik kerak: odam qanday kitob oʻqisa — u haqida eng koʻp ma’lumotni shundan bilish mumkin. Intellektual maqom tarixan har doim nufuzli sanalgan. Prust muhlislarini tanqid qilishdan oldin, balki oʻzingizga savol berish kerak: bu sizning ichki komplekslaringiz emasmi?

Oʻqish — har kim uchun ochiq imkoniyat. “Murakkab” adabiyot — bu hammani qiynaydigan devor emas. Savol shunchaki shundaki: siz bunga tayyormisiz?

Kitob oʻqiydiganlarni tinch qoʻying

The Guardian jurnalisti haqli ravishda shunday deydi:

“Soʻzga e’tibor beradiganlar uchun bu juda ogʻir zamon. Talabalar butun bir kitobni oxirigacha oʻqiy olmayapti. Z avlodi farzandlariga kitob oʻqib bermaydi. Smartfonlar e’tiborimizni 30 soniyadan ortiq ushlab turolmayapti. Nashriyotchilikni esa sun’iy intellekt bosib olmoqda. Aqlsiz boʻlmang. Har joyda, tez-tez oʻqing.”

Kitobga shoʻngʻish va tashqi dunyodan bir necha soat boʻlsa-da uzilish — eng oddiy, ammo qimmatli zavqlardan biri. Afsuski, bugun koʻpchilik oʻqiydiganlar jamoatchilikning qattiq bahosidan xavotirlanadi. Lekin boshqa odamlar nima deb oʻylaydi, suratga olib ijtimoiy tarmoqqa qoʻyib yuboradimi, degan fikr sizni bezovta qilmasligi kerak.

Kitob oʻqishni oqlash shart emas. Har kim oʻz qiziqishi, oʻz imkoniyatiga yarasha tanlov qiladi.

Yozuvchi Alayna Demopulos shunday deydi:

“Performativ oʻqish haqidagi bahslar shuni ko‘rsatadiki, go‘yo klassikani faqat uyda yashirincha o‘qish mumkin. Ammo kimlardir uchun ishga ketishdagi poyezdda — Wi-Fi yomon ishlaydigan yo‘lda — kitob o‘qish yagona imkoniyatdir. Keyingi safar kimnidir parkda, kafeda, barda kitob bilan koʻrsangiz, iltimos, tinch qoʻying. Bu siz uchun emas. Ular shunchaki atmosfera zavqini olyapti.”

Biz ham aynan shunday fikrdamiz.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Diyoraxon

    Men kitob oqishni sevaman, 2-3 soat bemalol oqiman

  2. Diyoraxon

    Hozirda Stiven King kitoblarini oqiyapman, juda chiroyli yozar ekanlar

  3. Diyoraxon

    Kitobsiz hayotimni tasavvur qila olmayman

  4. Diyoraxon

    Har kuni oqiman, juda yoqadi, kitoblar haqida tinmay gapirishim mumkin smile

  5. Diyoraxon

    Sevgan kitobilani yozib qoldirila smile

  6. To'maris

    Kitob oqishga hech kuchim yetmidi afsus, uxlab qolaman oqisam sad

  7. Kitoblarni men ham oqishni yaxshi koraman

  8. Sevgan kitobim Voyna va Mir

  9. Rustamchik

    Klass good

  10. Kitob oqigan odam, har doim boshqalardan ajralib turadi

  11. Ooooo, mandan sorela, etaman qanaqa qilib kob kitob oqish kerak smile laugh

  12. Kitob oqidiganla dunyo korganla heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social