1404 yil, Samarqand. Amir Temur davlati va uning poytaxtida to‘rt oy davomida bo‘lgan Rui Gonzales de Klavixo ko‘rgan-kechirganlaridan hayratda edi. U Ispaniya qiroliga sovg‘a-salomlar, maktub va qo‘lyozma kitoblarni olganicha, 21 noyabr kuni shahardan jo‘nab ketdi. Klavixo o‘zini sharqqa yo‘llagan valine’mati – Kastiliya va Leon (Ispaniya) qiroli Henrix III de Trastmar (1390 – 1407) tomon shoshar, unga boshidan kechirganlari va kundaliklarini, sovg‘a-salomlar, maktub va kitoblarni tezroq tuhfa etgisi kelardi…
…1492 yil, Barselona. Qirol Ferdinand, qirolicha Izabella, shahzoda Don Xuan ajdodlari Henrix III kabi sharqqa o‘z elchisi Xristofor Kolumbni yo‘llashdi. Kolumbni ham, Qirol Ferdinandni ham ajabtovur o‘lka – Hindistonga borish va u yerni egallash xayoli band etib turardi. Chunki Samarqandga borgan Klavixo Temur saroyida bo‘lib, sohibqironning Hindistonga qilgan yurish tafsilotini eshitgan va kundaligiga shunday qaydlarni bitgan edi:
«Dehlida Temurbek bilan hind podshosi o‘rtasida jang bo‘ldi. Hind tarafdan ko‘plab qo‘shin va ellikka yaqin jangovar fil ishtirok etdi. Temurbek ko‘p tuyalarni oldirib kelib, «ustiga xashak ortib, fillarga qarshi qo‘yilsin», deb buyurdi. Jang boshlanganda tuyalar ustidagi xashaklar yoqib yuborildi. Yonayotgan xashakli tuyalarni ko‘rgan fillar tumstaraqay qochdi. Aytishlaricha, fillar ko‘zlari kichkina bo‘lgani uchun olovdan qattiq qo‘rqadi. Shunday qilib, Hindiston podshohi mag‘lubiyatga uchradi».
Klavixo Hindiston tabiatini ham tasvirlab o‘tgan. U Samarqanddan keltirgan qo‘lyozma kitoblar orasida Beruniyning «Hindiston» asari ham bor edi.
Kolumb bir necha tillarda gaplasha olardi. Qirol Ferdinad esa ajdodi Henrix III ga Klavixo keltirgan kitoblar, ulardagi hind diyoriga doir tasvirlardan hayratda edi. Aynan shu kitob bois, Ferdinandning Hindistonni egallash va Kolumbdagi u yerni kashf qilish orzusi birlashdi…
XVI asrda yashagan turk sayyohi Piri Rais Kolmubni Hindistonga yo‘llagan asar haqida shunday yozgandi: «Kolomboning qo‘liga bir kitob tushgan edi. Undan o‘qib bildiki, G‘arbiy dengizning chekkasida, olis g‘arbda qirg‘oqlar va orollar bor ekan. U yerlardan ma’danlar va javohirlar topilgan. Kolombo o‘shal kitobni astoydil o‘rgangan. Mahalliy aholining turli-tuman yaltiroq shisha bezaklarga ixlosini Kolombo o‘shal kitobdan bilib olgan edi».
Aynan Beruniy asarida ham Hindiston tabiati, undagi ma’danlar, aholining qimmatbaho bezaklarga ixlosi va, eng asosiysi, «bizning tekshirishimizcha, yerning shimoliy (ikki) choragidan biri quruqlik bo‘lganligidan, uning hamqurt (diametral qarama-qarshisidagi) chorak qismi ham quruqlik bo‘lishini taxmin qilamiz», deyilgan.
Nihoyat, 1492 yilning 11 oktyabrida kemalar ming mashaqqat bilan yetib keldi. Oldinda kapitan Martin Linsonning «pinti» kemasi bo‘lib, unda matros Rodrigo de Triana umidvor holda ufqqa ko‘z tikib borardi. Shunda birdan oy nuri shu’lasida quruqlikni ko‘rib qoldi va «yer, yer, yer!» deya baqirdi. Kemalardan to‘p sadolari yangradi. Shu taxlit 12 oktyabr juma kuni Kolumb va hamrohlari quruqlikka qadam qo‘yib, u yerga Ferdinandning bayrog‘ini qadashdi: «Bugundan e’tiboran bu yerlar Ispaniya hukmdori tasarrufida». Shu tarzda Kolumb bu yerlarni «Vest-Indiya», G‘arbiy Hindiston deb atadi.
Biroq Kolumb hindular deb atagan xalq Klavixo va Beruniy asarlaridagidek boy kiyim-kechakka o‘rangan, nozik didli, taraqqiy etgan sharq aholisiga o‘xshamasdi. «Ajoyib, yirik va kichik shaharlarni uchratish umidida ichkariroqqa kiraverdim», deb yozgandi o‘z kundaligiga Kolmub.
Kashfiyotchi 1493, 1498 va 1502 yillarda ham yangi dunyoga tashrif buyurdi va har gal uni Hindiston, deb bildi. Hattoki, 1493 yilning sentyabrida «Hindiston»dan olti nafar hinduni Ispaniyaga olib kelib, Qirol Ferdinand huzuriga ro‘baro‘ qildi. Hindular cho‘qintirilib, nasroniylikka xos ism olishdi. Don Xuan ismini qabul qilgan hindu saroyda qoldirilib, boshqalari ortiga qaytarildi. Qirol Ferdinand «don Xuan»ni kuzatar ekan, uni Klavixo tasvirlagan hindistonlikka o‘xshata olmasdi.
Garchi Kolmub so‘zining ustidan chiqib, quruqlikni egallagan bo‘lsa-da, Ispaniya hukmdorlari e’tiboridan chetda qoldi. Buyuk sayyohatchi tushkunlik va qashshoqlikka tushib qoldi va 1506 yil 20 mayda vafot etdi. Kolmub umrining so‘ngigacha o‘zi borgan joylarni Hindiston deb bilgan va shu xayol bilan olamdan o‘tgan edi.
Shu Kolumb bumaganda, dunyoda hozrda buvotgan narsala bumasdi
Нимага унака дис? Камро Россия каналларини курин, хаммаси пропаганда
Bilmasez gapirmen, Amerika dib dunyoda wun4a iwla bugan
Сиз билмидгенга ухшис, тарихни укин, россия каналларини курмен
Yaxshi yozilgan, rahmat
Bilamsen nima qilasan yozib, jim utirgin
Так, хурмат хакида унутмен, ман сизга норм гапирвомман
Dostlar, urwmela iltimos
Juda qiziq narsala yozilgankan, rahmat
Kimsan, sanga hurmat kursatiwim kere
Уф, детский сад
Nima? Gaplawmoq4imisan? Telegramini ber
Неччи ёшсан?
zur
Rahmat, juda qiziq
Qanday qiziq maqolakan