Misr poytaxti Qohirada 20 yillik qurilish va kechikishlardan so‘ng qiymati 1 milliard dollarga teng “Buyuk Misr muzeyi” (Grand Egyptian Museum) ochildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Mazkur muzey — dunyodagi eng katta qadimiy sivilizatsiyaga bag‘ishlangan muzey bo‘lib, unda 50 mingdan ortiq eksponat, jumladan, fir’avn Tutanxamon maqbarasidagi barcha boyliklar ilk bor to‘liq namoyish etilmoqda.

Prezident Abdul Fattoh as-Sisi muzeyni “insoniyat madaniyati tarixidagi noodatiy voqea” deb atab, qadimgi misrliklar dahosi bilan zamonaviy misrliklarning ijodkorligini birlashtirganini ta’kidlagan.
Muzey yiliga 5 millionga yaqin sayyohni jalb etishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich uni dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeylar qatoriga kiritadi — taqqoslash uchun, Fransiyadagi Luvr muzeyiga 2024-yilda 8,7 million kishi tashrif buyurgan.

Yetti mo‘jiza piramidalar yonida joylashgan bu ulkan bino uchburchak shaklli dizayni bilan ajralib turadi. Ichki qismidagi olti qavatli zinalar qadimiy haykallar bilan bezatilgan. Muzeyda ko‘rgazmalar bilan bir qatorda konferensiya zali, kutubxona, bolalar muzeyi hamda restoranlar ham mavjud.
Biroq ayrim mashhur qadimiy ashyolar hali bu ko‘rgazmaga qo‘yilmagan. Masalan, Rozetta toshi hozircha Londondagi Britaniya muzeyida, Nefertiti haykali esa Berlindagi Neues muzeyida saqlanmoqda. GEM ochilishi misrliklar orasida bu artefaktlarni vatanga qaytarish talabini yana kuchaytirgan.

Muzey qurilishi 2005-yilda boshlangan, ammo siyosiy beqarorlik va pandemiya sabab bir necha bor kechiktirilgan. Muzey 2024-yilning oktyabr oyida qisman ochilgan bo‘lib, uning tantanali ochilishi 2025-iyul oyiga rejalashtirilgan edi. Biroq, bu davrda Isroil va Eron o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 12 kunlik urush tufayli marosim qoldirilgandi.Endi esa 4-noyabrdan boshlab u har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq bo‘ladi. Kattalar uchun kirish chiptasi 1 450 misr funti (taxminan 27 yevro) etib belgilangan.




Juda chiroyli ekan, menga juda yoqdi
Borib korish kerak, shunday joylarni korishni niyat qilganman
Xudoim menga shunday joylarga borishni nasib qilsin
Klass
Misr tarixi menga juda qiziq
Chiroyli chiqibti, videosini kordim
Tarix juda qiziq narsa
Misr katta tarixga ega, kop narsalar korsa boladi
Afsus arablar kelib butun davlatni buzib yuborishdi
Natijada kambagal davlatga aylantirishdi
Misrga borganlar bormi?
Sharm el Sheyga bormoqchiman, maslahatlar kerak
Boring, ajoyib joylar, sizga yoqadi
Juda chiroyli shahar, aylanib koring, suvlariyam ciroyli
Borganlarning hammasiga yoqqan
Qoyilman bunday joylardan
Videosini kordim, zor vashe
Zor