Deyarli 60 yil avval ishdan chiqqaan NASA sun’iy yo‘ldoshi kutilmaganda radiosignal yubordi. Bu haqda arXiv preprintlar platformasida e’lon qilingan tadqiqotda ma’lum qilingan.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 13-iyun kuni avstraliyalik tadqiqotchilar osmonda g‘ayrioddiy nurlanishni qayd etgan. U 30 nanosekunddan kamroq davom etdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, uning manbai chuqur kosmosda emas, balki orbitada joylashgan edi. Joylashuviga ko‘ra, signal Relay 2 sun’iy yo‘ldoshidan kelayotgan edi.
Materialda aytilishicha, 2024-yilning yozida aniqlangan sirli radiosignal Avstraliyaning Kertin universiteti astronomlarini hayratga solgan. Portlash yaqin maydonning vaqtinchalik kechikishlarini tahlil qilish orqali aniqlanib, uning manbai uzoq vaqtdan beri ishlatilmayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Relay 2 sun’iy yo‘ldoshi ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Relay-1 va Relay-2 qurilmalari eksperimental aloqa yo‘ldoshlari hisoblanadi. Relay 1 1962-yilda ishga tushirilgan va AQSHdan Yevropa va Yaponiyaga televizion ko‘rsatuvlarni uzatishni boshlagan birinchi sun’iy yo‘ldosh bo‘lgan. Ilk ko‘rsatuv Jon Kennedining o‘ldirilishi haqidagi xabar edi.
Relay-2 1964-yilda ishga tushirilgan. Biroq 1965-yil sentyabr oyida u o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Uning retranslyatorlari 1967-yilda, ikkita transponderidan oxirgisi ishdan chiqqanda butunlay o‘chirilgan.
O‘shandan beri sun’iy yo‘ldosh yaqin vaqtlargacha hech qanday faollik ko‘rsatmagan. Olimlar signalning paydo bo‘lishi haqida bir nechta taxminlarni ilgari surgan.
Birinchi taxminga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh elektrostatik kuchlanishni to‘plagan va oxir-oqibat razryad chiqargan. Boshqa bir tushuntirish mikrometeorit bilan bog‘liq. Kosmik jins zarrasi biror narsa bilan to‘qnashganda, zarba paytida plazma bulutini hosil qilishi mumkin.
Avstraliyalik olimlarning fikricha, “o‘lik” sun’iy yo‘ldosh kosmik chiqindilar bilan to‘qnashuv yoki elektrostatik razryad tufayli signal yuborgan.
“Biz yangi pulsar yoki boshqa bir jismni topdik, deb o‘ylab, juda hayajonlandik. Biroq, tahlil davomida uning manbai koinotda suzib yurgan Relay 2 ekani tasdiqlandi”, deydi astronom Klensi Jeyms.
NLO xabar yuboribtimi?
Yoki ozidan ozi tirilib qolibtimi?
Nimaga yuborganini bilisharmikan?
NLO

Xato qilib yuvorgandirde
Oxirgi gazlari chiqqandir
Boshqa qiladigan ishi yoqmi bularni?
Yuborsa yuboribti, kimga kerak
Яхши
Bilmadim nima haqida yozsam ekan
Mayli
Nasa boshqa ishi yoqmi?