O`lkamizda qish. Bu fasl qanchalik chiroyli va fusunkor bo`lmasin, o`ziga yarasha tashvishli tomonlari ham bor. Ya`ni, odamlarda tez-tez shamollash, uyquga to`ymaslik, tushkunlik kayfiyati kabi salbiy holatlar namoyon bo`la boshlaydi. Bunga sabab nima? Shifokorlar bu kabi holatlarni ovqatlanish tartibini o`zgartirmaganimiz, ya`ni hamon yozdagiday ovqatlanishni davom ettirayotganligimiz bilan izohlaydilar. Haqiqatan ham shunday. Qish fasli bilan bog`liq ko`pgina muammolarni ovqatlanish tartibiga jiddiy e`tibor bergan holda hal etish mumkin, aslida. Ya`ni, bir odamning qish kunlari taomlardan oladigan o`rtacha quvvati 2000 kilokaloriyadan kam bo`lmasligi kerak. Uning bu miqdordan kam bo`lishi esa tanamizning chidamlilik darajasini kamaytiradi. Shuning uchun qish faslida kuchli parhezdan uzoqlashgan ma`qulroq. Chunki, bu faslda tanamizga oqsillar ham, uglevodlar ham ko`p miqdorda kerak bo`ladi. Xo`sh, bu kabi zarur moddalarni qaerdan olamiz?
Qishda eng ko`p xuruj qiladigan zararli mikroblarga qiron keltiradigan modda tsistein aminokislotasidir. Biz baliq, boshoqli ne`matlar va ko`katlar, soya mahsulotlari, parranda go`shti, pishloq va tvorog kabi mahsulotlardan kerakli miqdordagi tsisteinni olishimiz mumkin.
Mutaxassislar shamollashning oldini olish va davo maqsadida tez-tez tovuq sho`rva ichib turishni maslahat beradilar.
Shuni unutmangki, qishda immunitet tizimini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada sariq rangli meva hamda sabzavotlar – apelsin, mandarin, limon, sabzi, oshqovoq kabi ne`matlar muhim o`rin tutadi. Bu mahsulotlarda viruslarni qiruvchi A, E, S darmondorilari hamda ularning singishiga yordam beruvchi bioflavonoitlar mavjud. Shuningdek, qish kunlari tez-tez qatiq ichib turish tavsiya etiladi. Chunki, qatiq tarkibidagi foydali bakteriyalar ichaklardagi shilliq pardaning viruslarga bardoshliligini oshiradi. Dasturxonimizdan tuzlangan karam, na`matak damlamasi hamda limonli choyni uzmasligimiz lozim.
Har kimning salomatligi o`z qo`lida ekanligini unutmaylik. Agar biz tanamizni turli mashqlar bilan chiniqtirib borsak va ovqatlanish tartibiga rioya etib, uning kerakli darmondori hamda mikroelementlarga boy bo`lishiga erishsak, har qanday kasallik bizdan yiroq bo`ladi. Sizchi, siz qanday ovqatlanyapsiz?
Маблаг булса кандай овкатланишни манимча хамма билса керак
уйлиман хеч качон узини овкат тарафдан сикиш керак эмас. уз вактида ва керакли ҳажмда овқатланиш керак!
uzbek siz tugri aytib uttiz, biz yashash uchun ovqatlanishimiz kerak!
$ bulish kerak
Одам канча емасин туймасаканде а?