Samarqand osmoni havo sharlari bilan qoplandi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari hamda O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Havo sharlari yordamida sayyohlar Samarqand shahri ustidan osmonu falakka ko‘tariladi va ular yarim soat davomida shahar bo‘ylab 100 metr balandlikdan butun shaharni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa sayyohlarga ajoyib fotosuratlar olish va yaxshi vaqt o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi.
Manba: Uzbektourism