O‘lgan qarindoshlar bilan “muloqot qilish” imkonini SI da qilingan ilova chiqdi

O‘lgan qarindoshlar bilan “muloqot qilish” imkonini SI da qilingan ilova chiqdi

Kanadalik aktyor va ssenariy muallifi Kalam Uorsi startap tashkil etib, sun’iy intellekt (SI) asosida marhumlarning raqamli nusxalarini yaratish va ular bilan muloqot qilish imkonini beruvchi 2wai ilovasini ishlab chiqdi. Bu haqda 14-noyabr kuni Britaniyaning Daily Mail gazetasi xabar berdi.

“Shov-shuvli reklamada homilador ayol 2wai nomli ilova orqali marhum onasining sun’iy nusxasi bilan suhbatlashayotgani ko‘rsatilgan. So‘ngra video vaqt bo‘ylab oldinga o‘tib, “buvi”ning chaqaloqqa ertak aytib bergani, bolalar maktabdan qaytganida ular bilan gaplashgani va nevarasining tug‘ilishi haqida suhbatlashgani tasvirlangan”, deya xabar qiladi nashr.

Raqamli nusxa yaratish uchun chat-botga nusxasi ko‘chirilishi kerak bo‘lgan insonning hayotidan olingan uch daqiqalik videoni taqdim etish lozim. Biroq zamonaviy texnologiyalarning bunday qo‘llanilishi axloqiy me’yorlar nuqtai nazaridan jiddiy tanqidga uchramoqda.

Bundan tashqari, Shekspir yoki qirol Genrix VIII kabi o‘tmishda yashagan boshqa xayoliy yoki real shaxslarni qayta yaratish imkoniyati ham ta’kidlanmoqda.

Bundan avval Germaniyada inson aralashuvisiz robotlar ovqat pishiradigan avtonom oshxona ishga tushirilgani xabar qilingandi.

Syurixdagi Shveytsariya oliy texnika maktabining Mynerva sho‘ba korxonasi besh yil davom etgan tadqiqotlar natijasida Leia nomli innovatsion tibbiy paypoqlarni ishlab chiqishni yakunladi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Toba!!!!

  2. Jinnimi hozirgi odamla, shunaqa narsayam chiqazishadimi

  3. Hayronman, bu SI odamlarga yordam bolishi kerak edi

  4. Ammo natijada oyinchoqga aylandi

  5. Buni kontrolga omasa, hammasi buziladi

  6. Gulnoza

    Jinnimisizlar??? Nima bu???

  7. Jamshid

    Ular nima oylashi haqida nima biladi bu si

  8. Jamshid

    Jinnicha bu vashe

  9. Nizomiddin

    Menga yoqdi bu ilova, juda chiroyli

  10. Nizomiddin

    Fikr togri qilingan

  11. fufufu

  12. Kozimjon

    Nimalar hozir chiqmayapti

  13. Kimga kere bunaqa narsalarni ozi, nima qilishadi bunaqa narsalarni chiqazib

  14. Muhimi bunday narsalarga report qilish

  15. Idiotizm dash

  16. Qoyilmakon

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social