Yangi tadqiqot ish o‘rinlari orasida sun’iy intellekt (SI) ta’siriga eng ko‘p duch kelishi mumkin bo‘lganlarini aniqladi. Ro‘yxatga kirgan 40 ta kasb butun dunyoda tez tarqalib, bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi: kimdir buni hazilga oldi, “mashina hech qachon inson ishini sifatli qilolmaydi” desa, boshqalar esa ishidan ayrilishdan jiddiy xavotirga tushdi.
Bu ma’lumotlarni taqdim etgan kompaniya yuzlab kasblarni tahlil qilib, kelajakda SI qaysilariga ta’sir qilishi mumkinligini o‘rgandi. “Tadqiqotimiz SI-chatbotlar qaysi kasb toifalarida samarali qo‘llanishi mumkinligini o‘rganadi”, — dedi katta ilmiy xodim doktor Kiran Tomlinson. “Natijalar shuni ko‘rsatadiki, SI ko‘plab vazifalarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin, ammo biror ishni to‘liq mustaqil bajarishi haqida gap bormaydi.”
O‘zining sun’iy intellekt modeliga ega kompaniya ta’kidlashicha, tadqiqot materiallarini yozish va yig‘ish hozirda SI asosidagi yirik til modellari eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan sohalardan hisoblanadi. Tadqiqot davomida har bir kasb uchun SI qo‘llanish darajasi bo‘yicha maxsus ko‘rsatkich ishlab chiqildi va eng yuqori natijalar aynan shu ikki ko‘nikmaga to‘g‘ri keldi.
“Biz SI qo‘llanish darajasi eng yuqori bo‘lgan sohalar qatorida kompyuter va matematika, ofis va ma’muriy xizmatlarni, shuningdek, axborot yetkazish va uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo faoliyatini aniqladik”, — deyiladi tadqiqotda.
Shuningdek, Tomlinson SI qaysi ish turlarini eng samarali bajarishi, maosh va ta’lim darajasi SI qo‘llanishi bilan qanday bog‘liqligi hamda real hayotdagi foydalanish prognozlar bilan qanchalik mos kelishini ham o‘rganganini qo‘shimcha qildi.
Quyida tadqiqotga ko‘ra SI ta’siriga eng ko‘p duch kelishi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati:
- Tarjimonlar
- Tarixchilar
- Yo‘lovchi tashish xodimlari (styuardessa, yo‘lovchi kuzatuvchi)
- Xizmat sohasidagi savdo vakillari
- Yozuvchilar va mualliflar
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish mutaxassislari
- CNC dastgoh dasturchilari
- Telefon operatorlari
- Chipta sotuvchi agentlar va sayohat kassirlari
- Diktorlar va radio boshlovchilari
- Broker agentlari
- Qishloq xo‘jaligi va uy xo‘jaligi o‘qituvchilari
- Telemarketologlar
- Konsijerlar
- Siyosatshunoslar
- Yangilik tahlilchilari, muxbirlar, jurnalistlar
- Matematiklar
- Texnik yozuvchilar
- Korrektor va sahifalovchilar
- Tadbir tashkilotchilari va boshlovchilari
- Muharrirlar
- Biznes va iqtisodiyot o‘qituvchilari (oliya ta’lim)
- Jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassislari
- Mahsulot namoyishchilari va promouterlar
- Reklama agentlari
- Kassirlar
- Statistika yordamchilari
- Ijara bo‘yicha mutaxassislar
- Ma’lumot tahlilchilari
- Shaxsiy moliyaviy maslahatchilar
- Arxivchilar
- Iqtisodiyot o‘qituvchilari (oliya ta’lim)
- Veb-dasturchilar
- Menejment bo‘yicha tahlilchilar
- Geograflar
- Modellar
- Marketing tadqiqotlari tahlilchilari
- Jamoat xavfsizligi mutaxassislari
- Kommutator operatorlari
- Kutubxona ishi o‘qituvchilari (oliya ta’lim)
Agar o‘zingizning kasbingizni shu ro‘yxatdan topsangiz — xavotir olmang. Tomlinsonning ta’kidlashicha, SI “ish joylarini olib qo‘yish emas, balki ularni bajarish uslubini o‘zgartirishi” kutilmoqda.
Har yili shu muammo, har yili shu mavzu
Har yili SI ishingizni obqoyadi, ehtiyot boling diyishadi
Ammo hech nima sodir bolyapgani yoq
Qanchalik qorqitishsa ham, bitta ham SI hali ham kimnidir ishini olib qoygani yoq
Shuning uchun ham bu maqolalarni oqisam, har doim kulaman
Yaqin 5-10 yil ichida hech nima ozgarmaydi
Qoshilaman gapizga, gapirishuradi, natija har doim bir xil