Smartfon va Planshetlar uchun gidroelektrostantsiyalar

Smartfon va Planshetlar uchun gidroelektrostantsiyalar

Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shaxrining hoqimiyati aholi uchun bir ajoyib sovg`ani tuhfa qilishdi.Ular shaharning markazidan o`tadigan Chogechon daryosining sohilida smartfonlar va planshetlarni zaryad qilish uchun gidrostantsiyalarni o`rnatdilar.

Oldin Chongechon (Cheonggyecheon) Seuldan o`tadigan yagona daryo bo`lgan. Biroq faol ekonomik rivojlanishi keyinchalik poytaxtning rivojlanishga ham olib keldi. Va Chongechon daryosini avtomobil shosse bilan yopishdi.

2003-yilda daryoni qaytarish uchun suniy daryo loyihasi ishga tushirilgan, biroq 2005-yilda ushbu loyiha tugagan edi. Hozirda Chongechon yashovchi aholi uchun hamda turistlar uchun magnit joy bo`lgan.

Daryo shaharning chiroyliligini oshiradi va ekologik sharoitlarini yaxshilaydi, biroq xozir shahar hokimiyati unga yana bir usulni topishdi yani “och qolgan” elektron gadjetlarni to`ydirish usuli ishlab chiqildi. Buning uchun ular daryo bo`yiga uchta qulay gidroelektrostantsiyalarni o`rnatdilar va ularni zaryad qilish uchun ishlatsa bo`ladi.

Har bir generator 15-20 Vatt elektr quvvat bera oladi. Unda butunlay iPhone ni zaryad qilish uchun ikki soat ketadi, agarda gidrostantsiyaga planshet ulansa, u 3-5 soat ichida to`liq zaryad olishi mumkin.

Shunday qaror juda foydali bo`lishi mumkin, chunki Seulni hozirda dunyoning eng “internetlashgan” (wired) shahar deb nomlashadi, u erda 50 million aholidan 70% smartfonlarga ega – bu dunyodagi eng yuqori ko`rsatkichdir.

Xozirgi vaqtda gidrostantsiyalar sinov tartibida ishlamoqda, biroq agarda barchasi yaxshi ketsa, Seul shahrining hoqimiyati shunday generatorlarning sonini ko`paytirmoqchi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Qoyiley, bir nimalani o’ylab topishadi bu odamla))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social