Amerikaning Sprus Krik shaharchasi (Spruce Creek), Florida shtatining shimoliy qismida joylashgan bo`lib, ushbu shaharcha osmonni va parvozni hush ko`ruvchilar uchun jannatdir. Mazkur shaharchani yana “yashaydigan aeropark” yoki “uchar uyushma” deb ham atashadi. Hamma gap shundaki 5 ming mahalliy aholi uchun 1300 uylar va 700 samolyotlar uchun angarlar qurilgan va shaharning muhim ko`chasi bu uchish va qo`nish uchun yo`laqcha hisoblanadi.
Mahalliy aholi, mashhurlar va badavlat insonlar o`rtasida “Avtomobil o`rniga samolyot” degan shior ham mavjuddir. Ko`p yillar davomida Sprus Krik da mashhur amerikalik aktyor va ashaddiy uchuvchi Djon Travolta yashagan, ammo uning Boing 707 juda ko`p shovqin solgani uchun va aerodrom uchun katta bo`lgani sababli, uning qo`shnilari uni sudga berishgan. Shundan so`ng aktyor bu shaharchadan qo`chib ketishga majbur bo`lgan.
Boing dan tashqari Sprus Krik da Cessnas va Pipers, P-51 Mustang, bir necha L-39 Albatros, Eclipse 500, Frantsiya samoleti Fouga Magister va hattoki russlarning MIG-15 samolyotlarini ham uchratsa bo`ladi. Ammo samolyotlar va elektromobillardan tashqari, bu erda lambordjini, korvet, turli hil mototsikllarni va hattoki sport mashinasi Porsche GT2 ni ham uchratish mumkin.
Sprus Krik aholining o`rtasida kasbi uchuvchi bo`lganlar kam emas, lekin shifokorlar, advokatlar, dehqonlar xam bor va ular o`z hayotini parvozsiz tassavur qilisha olmaydi. Yana qiziqarli tarafi, ular shanba kunlari ertalabdan mahaliy kafesiga uchar sayrga chiqish an`anasi bor. Odatda ular guruh bo`lib yani uchta samolyot bo`lib uchishadi.
Bugungi kunda AQShda 600 ga yaqin shunga o`xshash manzilgohlar mavjud bo`lib, ko`plari Arizona, Kolorado, Florida, Texas va Vashingtonda joylashagan. Ammo Spus Krik ulardan eng yirigi hisoblanadi.