Londondan yosh dizayner Simin Tsiu noyob jo`mrakni o`ylab topdi. U nafaqat chiroyli ko`rinishga ega, balki yana suvni tejaydi va suvni chiroyli spiralga aylantiradi.
Mazkur konstruktsiyaning siri shundaki, suv oqimi kichkina oqimlarga bo`linadi, ular keyin spiralga aylantiriladi va suvni panjarali bo`lib oqishini ko`rishimiz mumkin. Suv oqimi 15% ga pasaytiriladi, shuning uchun jo`mrak suv resursini tejaydi. Foydalanuvchi uch xil tejash usullarini tanlashi mumkin.
Jo`mrakning yuqori qismida sensor tugma bo`lib, u orqali boshqariladi. Sensor tugma esa dizaynga juda moslashib ketgan va juda ajoyib ko`rinishga ega bo`lgan.
Manba: Adme.ru