Taykichiro Mori: Tokioni dunyodagi eng qimmat shaharga aylantirgan o‘qituvchi hikoyasi

Taykichiro Mori: Tokioni dunyodagi eng qimmat shaharga aylantirgan o‘qituvchi hikoyasi

50 yoshdan oshgandan keyin o‘z hayot tarzini tubdan o‘zgartirgan, sport bilan shug‘ullangan yoki biznes boshlagan ko‘plab insonlarning hikoyasini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ammo quyidagi hikoya ikki barobar hayratlanarli: o‘z biznesini juda kech, 55 yoshida boshlagan va o‘ttiz yil o‘tgach, Forbes’ning yuqori reytingini egallagan odam – Taykichiro Mori faoliyati bilan tanishing.

Yaponiya professori va qurilish magnati Taykichiro Mori ko‘p yillar davomida Yokogama universitetida savdo nazariyasidan dars bergan va 55 yoshigacha o‘z biznesini yuritish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. U nazariyachi maqomidan juda mamnun edi. Lekin ba’zida hayot hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi.

Taykichiro Mori qanday qilib milliarderga aylandi?

Oilaviy biznes

Taykichiro Mori 1904-yil 1-martda Tokioda tug‘ilgan. Uning oilasi kambag‘al emasdi. Bolaning ajdodlarining bir nechasi guruch sotish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, Morining ota-onasi tamaki ham sotgan.

O‘qish va fan

1928-yilda yigit Tokio savdo kolleji – hozirgi Xitotsubashi universitetini tugatgan. Taykichiro tezda ilmiy izlanishni boshladi. Bitirganidan atigi 4 yil o‘tgach, u Kioto Texnologiya institutining professori bo‘ldi va uni Yokogama Siti universitetiga o‘qituvchilikka taklif qilishdi. 1946-yildan Yokogama universitetida ishlashni boshlagan, 1954-yilda savdo bo‘limi dekani bo‘lgan.

Ikki bino – biznesning boshlanishi

Shunday qilib, 1959-yilda, 55 yoshida, Taykichiro Mori o‘z biznesini to‘liq boshlash uchun Mori Building qurilish kompaniyasini tashkil qilib, akademiyani tark etdi. U karyerasini noldan boshlamadi. Professor otasidan ikkita binoni meros qilib olgandi. Taykichiro bu kapitalni shunchaki ko‘paytirmadi – tom ma’noda iqtisodiy mo‘jiza yaratdi.

U o‘z biznesini nimaga qurdi?

Muvaffaqiyatli biznes-loyiha – juda hayajonli hikoya. Taykichiro merosdan juda oqilona foydalangan. U kapitalni zamonaviy qurilgan ofislar, savdo markazlari va turar joylarga aylantirish uchun Tokiodan katta yerlar sotib oldi.

Shahar ichida shahar

O‘sha paytda Tokio Ikkinchi Jahon urushi qoldirgan vayronagarchilik va zilzilalardan hali to‘liq tiklanmagan edi. Qolaversa, Yaponiya poytaxtida eskirgan, ko‘pincha yog‘och, buzilib ketishiga oz qolgan uylar hali ham turar edi.

Mori aynan shunday joylarga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, Tokio zamonaviy binolar va qulay infratuzilmani talab qiladigan xorijiy investorlarni qiziqtira boshladi.

Shundan so‘ng Mori Building me’morlari “shahar ichidagi shahar” deb nomlangan yangi shaharsozlik konsepsiyasini yaratishga kirishdi. Bora-bora Mori Building kompaniyasi nafaqat binolar, balki butun shahar infratuzilmasi, metro bekatlari, bog‘lar, muzeylar, do‘konlar, restoran va mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan yangi tumanlarni tiklashni boshladi.

“Maqsadni ko‘raman va unga intilaman”

Taykichiro Morida ko‘chmas mulk haqidagi ajoyib sezgi bo‘lib, bu ko‘p yillik ilm-fan sohasidagi mehnat natijasi edi. Qanday bo‘lmasin, Mori har safar Yaponiya poytaxtining eng istiqbolli hududlarini tanlagan.

Ba’zida eskirgan uylar aholisi ulardan ko‘chib o‘tishni xohlamadi. Taykichiro esa taslim bo‘lmadi. U asta-sekin tumandagi barcha uylarni sotib oldi, ularga yuklatilgan vazifani bajaradigan o‘z odamlarini joylashtirdi: vazifa ijarachilarning ishonchiga kirish va ularni Mori Building taklifiga rozi bo‘lishga ko‘ndirishdan iborat edi.

Yangi Tokio

Taykichiro kompaniyasi qurgan barcha binolarda o‘zini abadiylashtirdi: ularning har biri o‘z familiyasini oldi va o‘z raqamiga ega edi: “Mori Building birinchi”, “Mori Building ikkinchi” va boshqalar.

Umuman olganda, Taykichiro Mori Building’ni boshqargan yillari mobaynida kompaniya 78 ta bino qurdi. Yapon matbuotida Taykichiro Morini Tokio qiyofasini o‘zgartirgan odam deb atashgan.

Tokioning ulkan rivojlanishi poytaxtdagi ko‘chmas mulkning qimmatlashishiga olib keldi. Natijada Tokio ko‘chmas mulk bo‘yicha dunyodagi eng qimmat shaharga va Taykichiro Mori sayyoraning eng boy odamiga aylandi.

Yer yuzidagi eng boy odam

Shunday qilib, Taykichiro Mori 1991-yildan keyin tanila boshladi. Uning ismini birinchi marta Fortune jurnali tilga oldi. Va 1992-yildan boshlab Mori ketma-ket ikki yil Forbes ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, uning kapitali 15 milliard dollarni tashkil qiladi.

Kamtarlik va oziq-ovqat idishi

Ajablanarlisi shundaki, milliardlar Taykichironing tashqi ko‘rinishiga ham, xarakteriga ham hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Ko‘p yillar davomida u oddiy kichkina kvartirada yashadi va ishga bir idishda ovqat olib ketib yurdi. Faqatgina o‘zining pulidan faqat shaxsiy haydovchi yolladi.

Meros qilib qoldirilgan imperiya

Aytish mumkinki, Taykichiro o‘z ortidan haqiqiy imperiyani qoldirdi. Morey 1993-yilda 88 yoshida vafot etdi. Mori Building kompaniyasi uning farzandlariga meros bo‘lib qoldi. Uning oilaviy biznesini Taykichironing nevarasi – Mivako Date boshqaradi. Balki unga ham bobosining ajoyib ishbilarmonligi meros bo‘lib o‘tgandir.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хороший человек

  2. Juda qizu buldi

  3. Aqlli insonlar haqida yozishni davom eting. Rahmat

  4. Gulnoraxon

    Foydali ishlar qilganga o’xshidi

  5. Ajoyib insonlar ekan Inshaalloh shunaqa insonlar koʻpaysin butun dunyoda

  6. Ura! Sayt iwladi! Yopildi dib qurqdim sad

  7. Assalom alaykum Aziza qalaysiz yaxshimisiz ha men ham

  8. Rahmat, uziz4i? Nima gapla?

  9. Yaxshi rahmat Allahga shukr menda tinchlik

  10. Uqiwla nima buvotti?

  11. Tinchlik hali hech nima boʻlmadi kutyapman

  12. Dokumentlani topwirdizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social