Toshkentda Navro‘z bayrami nishonlanadigan joylar ma’lum qilindi

Toshkentda Navro‘z bayrami nishonlanadigan joylar ma’lum qilindi

21 mart kuni O‘zbekiston poytaxtining 21 joyida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

21 mart kuni Toshkentning 21 joyida Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari va xalq sayillari bo‘lib o‘tadi. Poytaxt hokimiyati axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular 10:00 dan 18:00 ga qadar davom etadi.

Bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylar ro‘yxati:

  • Shaharning asosiy sahnasi: «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma majmuasi maydoni;
  • Abdulla Qodiri” nomidagi istirohat bog‘i va Talabalar shaharchasi (Olmazor tumani);
  • Furqat nomidagi istirohat bog‘i va «Temiryo‘lchilar» madaniyat saroyi (Mirobod tumani);
  • G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i va «Akva» bog‘i (Chilonzor tumani);
  • Anhor Lokomotiv parki, «Navro‘z» bog‘i va «Ibn Sino» parki (Shayxontohur tumani);
  • Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydon (Yunusobod tumani);
  • «Do‘stlik» istirohat bog‘i (Yakkasaroy tumani);
  • «Ashxobod» parki va «Do‘stlik» istirohat bog‘i (Yashnobod tumani);
  • «Lokomotiv» parki va Bobur nomidagi ekobog‘ (Mirzo Ulug‘bek tumani);
  • «Yoshlar» parki va «Grin-park» (Sergeli tumani);
  • Ekobog‘ va «Bog‘ishamol» bog‘i (Uchtepa tumani);
  • «Quyoshcha nuri» parki (Bektemir tumani).

Manba: gazeta

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social