Ko`pchiligimiz yoshlikdan – “texnika har doyim buzuladi” degan so`zlarni eshitib kelyapmiz. Misol uchun: uyali telefonlar bizda faqatgina uch oy ishlaydi, pleerlar esa bir haftadan keyin ishdan chiqadi, yangi narsa sotib olamizu, u esa birinchi haftaning ichidayoq buzulib qoladi. Nima uchun bu faqat bizda bo`ladi? Qo`limizga nima tushsa – buzuladi?
Agar e`tibor bergan bo`lsangiz, buzuladigan narsalarning ko`pchiligi bu kichik elektr buyumlari. Bu buyumlarni esa boshqalariga qaraganda juda ko`p qo`llaymiz. Bu esa bizning bu buyumlarni bir oz beparvolik bilan ishlatishimizning dalolati. Balkim biz qaergadir shoshayotganimizda telefon yoki pleerlarni tashlab yuborarmiz, yoki bo`lmasa bilmasdan choy yoki kofeni to`kib qo`yamiz. Agar shunday bo`ladigan bo`lsa, hayotiy sur`atni pasaytiring, atrofga nazar tashlab – bizga nima kerak va har doyim qaerga shoshayotganimizni tushunishga harakat qiling. Keyin esa “hozir va shu erda” hayotimizni tushunishga harakat qiling. Keling, bizni o`rab turgan narsalarga bir nazar tashlasak: ular qanday rangda, qanday shaklda? Har doim shu harakatni qilib turing. Yangi uyali telefon sotib oldingizmi? Uning har bir qismlarini, rangini eslab qoling. Qachonki Siz “hozir va shu vaqtda” yashashni o`rgansangiz, balkim texnika ham buzulmas.
Lekin shuni ham eslatib o`tmoqchiman, kun maboynida bizga katta yordam beradigan va bizni o`rab turgan texnikaga unchalik ham bog`lanib qolmasligimiz kerak. Ba`zan biz bularni hamma narsadan ham ustun qo`yamiz, go`yo ki bu uyali telefon, pleer, noutbuklarsiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Ammo, shunday o`ylab biz juda yangilishamiz. Albatta bizdagi bu elektr buyumlarsiz ham yashash mumkin, lekin bizga bu qiziqarsiz va juda zerikarli tuyulishi mumkin. Shuning uchun bizda qandayda bir texnika bo`ladigan bo`lsa, unga ma`lum bir e`tibor bilan yondashishimizga to`g`ri keladi. Chunki texnika chindanda bizga ancha yordam beradi. Ularning buzulishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Bu dunyoda hech bir narsa abadiy ishlamaydi, vaqti kelib bizga hizmat qilgan texnika ishdan chiqadi. Uylab ko`ring, o`zingizning texnikangizga qanday munosabatda yondashasiz? Sizning texnikangiz qancha vaqt siz uchun hizmat qiladi?