Yillar qanchalik tez o‘tayotganini his qilishga tayyormisiz? “Uyda yolg‘iz” — bolalikdan buyon sevib tomosha qilinayotgan filmning suratga olinganiga 31 yil to‘ldi.
Film ilk namoyishidanoq tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, bir kechada Shimoliy Amerikadagi barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan Rojdestvo filmiga va AQSh kinematografiyasi tarixidagi eng kassabop komediyaga aylangan. Shuningdek, u Yangi yil arafasida, albatta, tomosha qilish kerak bo‘lgan filmlar ro‘yxatidan o‘z o‘rnini egallagan. Bundan tashqari, film qahramoni — endigina 10 yoshga kirgan iste’dodli aktyor Makoley Kalkin yulduzga aylangan.
Biroq bu ta’sirli va quvnoq hikoyaning sodir bo‘lishi oson kechmagan. Film g‘oyasi prodyuser va ssenariy muallifi Jon Xyuzda to‘satdan paydo bo‘lgan. Ammo kinostudiyalar filmga pul tikishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, har bir baxtli tasodif o‘z vaqtida nafaqat Kevin Makkallisterga, balki kartina mualliflariga ham yordam bergan.
Kartinaning sujeti uyni o‘g‘rilardan himoya qilayotgan bolaning hikoyasiga asoslangan. 1989-yil “Bak amaki” filmini suratga olish maydonchasida qahramonlardan biri – Makoley Kalkinga Jon Xyuzning ko‘zi tushib qolgan. Jon jajji aktyor bilan tanishib, rolning bir qismi sifatida uyga notanish odamni kiritish haqida bir qancha savollar bergan. “Uyda yolg‘iz” filmi g‘oyasi o‘sha paytda tug‘ilgan bo‘lsa-da, lekin u hali ekranlarda namoyish etilishdan juda yiroqda edi.
Jon Xyuzning o‘zi ushbu janrda film suratga olishga ko‘zi yetmadi, shuning uchun u Kris Kolumbga rejissorlikni taklif qildi. Bu Kris uchun ham so‘nggi najot edi, chunki “Buzilgan yuraklar mehmonxonasi” (1988) filmining kassadagi muvaffaqiyatsizligi tufayli u Gollivudda Jon Xyuzdan tashqari hamma uchun e’tibordan qolgan shaxsga aylangandi. Ssenariy mukammal ko‘rinsa-da, Makoley Kalkin bunga ko‘r-ko‘rona yondashmagan. U kartinani o‘ziga xos improvizatsiya bilan to‘ldirgan. Aynan o‘sha mashhur quloq teshar darajadagi qichqiriq sahnasini aktyorning o‘zi o‘ylab topgan, unda soqol olgandan keyin surtiladigan suyuqlik Kevin Makkallisterning yuzini achishtirib yuboradi, qahramon esa qo‘llarini yuzidan olmay qichqiradi.
Bu kabi ijodiy yondashuvlar suratga olish maydonchasida yuzaga kelayotgan bo‘lsa-da, “Uyda yolg‘iz” taqdiri qil ustida qolishda davom etdi. Afsuski, keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Warner bu ajoyib komediyani jiddiy qabul qilmadi. Filmni birorta mashhur aktyorning yo‘qligi tufayli tomosha qilishga arzimaydi, deb bildi.
Bir tarafdan esa kino ijodkorlari oldida moliyaviy savol turardi: Kris Kolumb barcha ixtiro qilingan tuzoqlarni qoplash uchun budjetni 10 million dollarga oshirishni so‘radi, kinostudiya esa ularni rad etdi. Agar mablag‘ topilmaganida, film qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi, bunisi noma’lum.
Lekin 20th Century rejissorning iltimosiga ko‘ra, “Qaychiqo‘l Edvard” filmi bilan birga kartinani sotib oldi va budjetini 8 millionga oshirdi. Warner shundan so‘ng tirsagini tishlagan bo‘lsa ajab emas: rad etilgan har ikkala film ham tanqidchilarning turli baholariga qaramay, premyeradan keyin kutilmagan muvaffaqiyatga erishdi.
Umuman olganda, ehtimol, “Uyda yolg‘iz” multfilmi bo‘lganida, bu Warner uchun mukammal yechim bo‘lardi. Film multfilmlarning eng yaxshi an’analari motivida yaratilgan bo‘lib, unda qahramonlar doimo tuzoqqa tushib qoladi. Lekin bu kattalar mavzusidan xoli bo‘lmagan – o‘g‘li bilan uzoq vaqt janjallashib qolgan cherkovdagi keksa odam va, albatta, ota-ona bilan munosabatlar haqidagi oilaviy film edi.
Rojdestvo loyihasining barcha me’yorlariga ko‘ra, “Uyda yolg‘iz” noodatiy, ammo tomoshabinga kerak bo‘lgan film hisoblandi. Bu bayramlar arafasida yolg‘iz qolgan va butun uyni katta o‘yin maydonchasiga aylantirgan mehribon bola haqidagi komediya edi. Kris Kolumb va Jon Xyuz kattalar kinosini bolalarga xos mezon bilan uyg‘unlashtirdi. Hatto Kevin Makkallisterning tuzoqlari rejasini film rassomlaridan biri chap qo‘li bilan chizgan. Shuning uchun rasm ko‘proq bolalarnikiga o‘xshardi. Tanqidchilar bir paytlar “Bu o‘n minglab dollarlik budjet va maxsus effektlar bilan shug‘ullanadigan odamlar jamoasining ishtirokisiz ham har qanday sakkiz yoshli bola mustaqil ravishda o‘ylab topadigan tuzoqlardir”, deb aytgan bo‘lsa-da, Yangi yil arafasida barcha intiqib kutadigan kartina yillar davomida o‘z o‘rnini boshqa filmlarga bo‘shatmay kelmoqda.
Rahmat, ajoyib tarixi bor kino!
vau!
Ha bu kino haqiqiy durdona asar
har yili k6rib mazza qilaman
yaqinda televizorda k6rsatiwadi
Rostanam yengi yil ramziga aylangan.Faqat bita narsaga chummadim.Qaychiqoʻl edvird filimi bilan birga sotvogan dgani ikkala kino bir paytda ishlangammi
Salom Sumayya, ha, bir vaqtda olingan