“Vaziyat nazoratdan chiqyaptimi?” — So‘nggi haftadagi AI yangiliklari ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

“Vaziyat nazoratdan chiqyaptimi?” — So‘nggi haftadagi AI yangiliklari ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

Maqola so‘nggi bir hafta ichidagi voqealarga asoslangan.

X ijtimoiy tarmog‘ida mashhur kripto-analitik va ekspert **Miles Deutscher**ning sun’iy intellekt (AI) sohasidagi xavotirli signallarga bag‘ishlangan posti tezda ommalashmoqda. Atigi bir kunda uning posti 3 milliondan ortiq ko‘rishlar to‘pladi.

Muallif postni “Vaziyat nazoratdan chiqyapti…” degan jumla bilan boshlagan va o‘tgan haftada ketma-ket sodir bo‘lgan voqealarni sanab o‘tgan. Ayniqsa, ular birin-ketin ro‘y bergani uni tashvishga solgan.

So‘nggi haftadagi xavotirli voqealar:

Anthropic kompaniyasining xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotlar rahbari iste’foga chiqdi. U “dunyo xavf ostida” ekanini aytib, Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan va “ko‘zga tashlanmasdan yashab, she’r yozmoqchi” ekanini bildirgan.

xAI kompaniyasining hammuassislari yarmidan ko‘pi allaqachon ketgan. Ulardan oxirgisi “o‘z-o‘zini takomillashtirishning rekursiv sikllari keyingi 12 oy ichida ishga tushiriladi” deb bayonot bergan.

Anthropic xavfsizlik hisobotida Claude test qilinayotganini aniqlay olishi va shunga qarab o‘z xatti-harakatini moslashtirishi tasdiqlangan.

ByteDance Seedance 2.0’ni taqdim etdi — 7 yillik tajribaga ega kinorejissyorning aytishicha, uning ko‘nikmalarining 90 foizini ushbu neyron tarmoq almashtira oladi.

— Sun’iy intellekt sohasining “otaxonlaridan” biri Yoshua Bengio xalqaro AI xavfsizligi hisobotida shunday degan: “Biz ko‘ryapmizki, AI test paytidagi xulq-atvori bilan real foydalanish paytidagi xulq-atvori o‘rtasida farq bor”. U bu “tasodif emas”ligini ham tasdiqlagan.

— Va nihoyat, AQSh hukumati 2026 yilgi Xalqaro AI xavfsizligi hisobotini ilk bor qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani aytilmoqda (bu ma’lumotni tasdiqlovchi manba topilmadi).

Post quyidagi jumla bilan yakunlangan:
“Xavotir signallari tobora balandroq yangramoqda. Ularni berayotganlar esa allaqachon binoni tark etmoqda.”

Fikrlar ikki qutbga bo‘lindi

Post allaqachon mingdan ortiq izoh yig‘gan. Ba’zi o‘quvchilar muallifni qo‘llab-quvvatlab, uning xavotirini baham ko‘rmoqda. Boshqalar esa shubha bilan qarab, hozircha jiddiy vahimaga sabab yo‘q deb hisoblaydi.

Munozaralarda kinoya va sarkazm bor, ammo umumiy vahima kuzatilmaydi.

Eng mashhur izoh muallifi (2 mingdan ortiq layk) postni ortiqcha dramatizatsiyada ayblagan. U faktlarga qo‘shilgan bo‘lsa-da, ularning taqdimoti chalg‘ituvchi ekanini ta’kidlagan. Masalan, birinchi bandda tilga olingan Mrinank Sharma xavfsizlik bo‘yicha faqat bitta guruhni boshqargan. Claude’ning testni aniqlay olishi haqidagi ma’lumot esa 2025 yil kuzida ham e’lon qilingan edi.

Yana bir izohda shunday deyilgan:
“Kimdir Angliyadagi fermada tovuqlar bilan ‘ko‘rinmas’ bo‘lib yashash uchun ketayotganidan vahimaga tushmasdim — bu qiyomat alomati emas-ku…”

Ba’zilar esa so‘z topolmagan — faqat qo‘rqib ketgan Shrek va Eshakning gifini qoldirgan.

Yana bir izoh:
“Bu postning oxirgi paragrafi aniq sun’iy intellekt tomonidan yozilgan.”

Boshqa fikr:
“Xavotirni taxminlar emas, balki aynan shu tizimlarni yaratgan va o‘rgangan mutaxassislarning o‘zi bong urayotgani keltirib chiqaryapti. Agar ular asabiylashayotgan bo‘lsa, boshqalar ham hushyor bo‘lishi kerak.”

Va, albatta, skeptik qarash ham bor:
“Ehtimol, biz xavotirga tushadigan darajada emasmiz.”

Sizningcha-chi?

Sun’iy intellekt atrofidagi bu voqealar — real xavf belgilarimi yoki navbatdagi shov-shuvmi?

Fikringizni izohlarda qoldiring.

Kommentlar: 25 komment. 25 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rostini aytsam, bu yangiliklardan keyin biroz qo‘rqib qoldim. Ayniqsa mutaxassislarning o‘zi xavotir bildiryapti degan joyi.

  2. Agar AI test paytida boshqacha, real hayotda boshqacha ishlasa — bu hazil emas.

  3. Juda tez rivojlanayapti, nazorat qilishga ulgurmay qolmaymizmi?

  4. Menimcha, bu mavzuda ochiq va halol muhokama juda kerak.

  5. Har hafta “dunyo tugayapti” degan post chiqadi Yana bittasi.

  6. Kimdir fermaga ko‘chibdi deb vahima qilamizmi endi?

  7. AI ham trend bo‘ldi, qo‘rqitish ham kontent.

  8. Menimcha, bu biroz shov-shuv uchun yozilgandek.

  9. Yana dramatika. Layk yig‘ish uchun qo‘rqitish oson.

  10. Faktlar bor, lekin taqdimoti manipulyatsiya.

  11. 3 million ko‘rish — demak marketing ishlagan.

  12. Haqiqiy xavf bo‘lsa, Twitter post bilan emas, rasmiy bayonot bilan chiqishardi.

  13. Shahnoza

    Postdagi ba’zi faktlar jiddiy, inkor qilib bo‘lmaydi.

  14. Shahnoza

    Lekin kontekstsiz berilgani uchun odamni chalg‘itadi.

  15. Shahnoza

    AI xavfsizligi mavzusi murakkab, sarlavha bilan baholab bo‘lmaydi.

  16. Shahnoza

    Vahima emas, nazorat va ilmiy yondashuv kerak.

  17. Eng qo‘rqinchlisi — tizimni yaratganlarning o‘zi xavotirda.

  18. Agar ular ketayotgan bo‘lsa, nimanidir bilishadi.

  19. Odatda katta o‘zgarishlar oldidan shunaqa signal bo‘ladi.

  20. Menimcha, biz ko‘rayotganimizdan ko‘ra ko‘proq narsa yashirin.

  21. “AI dunyoni egallaydi” degan gapni 10 yildan beri eshitaman.

  22. Hozircha u mem va referat yozishdan nariga o‘tmadi.

  23. Odamlar AI’dan ko‘ra odamlarning o‘zidan qo‘rqishi kerak.

  24. Shrek gif tashlaganlar eng to‘g‘ri reaksiya qilgan deb o‘ylayman

  25. Ulugbek

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social