Xitoy dunyodagi birinchi “O’rmon shahar” ni qurmoqda, unda barcha binolar o’simlik va daraxtlar bilan qoplangan bo’ladi, bu esa global isish va havo ifloslanishiga qarshi hisoblanadi.
Xitoyning janubiy qismida joylashgan “Liuzhou O’rmon shahri” Lujiang daryosi bo’ylab 175 gektar maydonni egallaydi.
Shahar ustidagi ishlar tugagach, Liuzhou kamida 30 ming kishini qabul qilishi mumkin!
Ofislar, uylar, mehmonxonalar, kasalxonalar va maktablar butunlay 40.000 daraxt va 1 million boshqa o’simlik bilan qoplanadi.
Ular yiliga qariyb 10 ming tonna CO2, 57 tonna ifloslantiruvchi moddalarni iste’mol qilishadi va 900 tonna kislorod ishlab chiqaradi.
Shaharda temir yo’l liniyasi va elektr transport vositalari uchun yo’llar quriladi.
Turistik joylar, savdo va ko’ngilochar korxonalar, ikkita maktab va shifoxona ham joy oladi.
Qurilish 2020-yilda boshlanadi.
Bunday kichik shaharda yashashni xohlaysizmi?