Bilamizmi, nega Xitoy hukumati alpaka va Peppa cho‘chqachani yoqtirmagan?
1. Vaqtda sayohat va ruhlar haqidagi filmlar

2011-yildan boshlab Xitoyda vaqt sayohati haqidagi filmlar va teleseriallarni namoyish etish taqiqlangan. Hukumat buni “tarixni buzib ko‘rsatish va xitoy madaniyatini haqorat qilishning oldini olish” zarurati bilan tushuntirgan.
O‘sha davrda zamonaviy Xitoydan qadimgi davrlarga tushib qoladigan qahramonlar haqidagi filmlar tobora mashhurlashib borayotgan edi. Hukumat esa oddiy aholining tarixiy tasavvuri o‘zgarib, milliy ongga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirlangan.
Shu sababli nafaqat vaqt sayohati, balki feodalizm, xurofot, reinkarnatsiya, “qo‘rqinch, ruhlar va g‘ayritabiiy kuchlar” haqidagi filmlar ham cheklovga tushdi. Masalan, “Karib dengizi qaroqchilari: O‘lik odamning sandig‘i”, “Qizil cho‘qqi” va “Arvoh ovchilari” filmlari Xitoy ekranlarida taqiqlangan.
Kommunistik partiya bu filmlar “partiyaning obro‘si va barqarorligini izdan chiqarishi mumkin” deb hisoblagan. Qanday qilib skeletlar va vaqt sayohatchilari jamiyatni chayqatishi mumkinligini aniq aytmagan bo‘lsa-da, “oldini olish yaxshi” tamoyiliga amal qilgan.
2. Peppa cho‘chqacha

Oddiygina multfilmdek tuyulgan Peppa cho‘chqacha ham Xitoyda taqiqlangan. Sababi — “shehuyren” deb ataladigan, “mahalladagi bezorilar”ga o‘xshash yoshlar submadaniyatidir.
Ular Peppani o‘z ramziga aylantirib, turli memlar yasashgan, hattoki tatuirovkalar ham qilgan. Xitoy OAVlari ularni “tarbiyalanmagan, ishsiz, befoyda odamlar” deb atagan va ular partiya targ‘ib qilayotgan ideal yosh avlodga qarama-qarshi sifatida ko‘rilgan.
Natijada hukumat 30 mingdan ortiq Peppa multfilmlarini video platformalardan olib tashladi va #PeppaPig xeshtegini ijtimoiy tarmoqlarda blokladi.
3. “Big Bang nazariyasi” seriali

Amerikalik mashhur komediya seriali “Big Bang nazariyasi” Xitoyda juda ommalashgan edi. Lekin 2014-yilda SARFT (Davlat matbuot, kino va televideniye boshqarmasi) uni taqiqladi. Serial Sohu striming servisidan olib tashlandi, u yerda 1,3 milliarddan ortiq tomosha qilingan edi.
Sababi shunda ediki, Xitoyda “diaosi” deb ataladigan submadaniyat mavjud — bu “ishsiz, sevgilisi va kelajagi bo‘lmagan o‘rtamiyona yigit” ma’nosida ishlatiladi. Aholi jinsiy nisbatidagi nomutanosiblik tufayli bunday yigitlar juda ko‘p edi.
Serialdagi Shelden Kuper va boshqa “botanik” qahramonlar esa bu yoshlarning o‘zini odatiy his qilishiga sabab bo‘lgan. Hukumat esa ularni “kelajak qurilishidan chalg‘ituvchi befoyda avlod” deb bilgan. Shu bois serial taqiqlangan.
Ammo 2015-yilda noroziliklardan so‘ng taqiq olib tashlandi va 8-mavsum 24 qism cenzuradan o‘tgach, efirga uzatildi.
4. Alpaka haqidagi so‘z o‘yinlari

Xitoyda barcha so‘z o‘yinlari emas, balki ba’zilari taqiqlangan.
2009-yilda hukumat internetdagi haqoratli so‘zlarga qarshi filtr joriy qilgan. Foydalanuvchilar esa ataylab kalamburlar orqali bunday tsenzurani chetlab o‘tishgan.
Masalan, “iflos o‘t yegan ot” iborasi aslida alpaka bilan bog‘langan memga aylangan. Xitoy tilidagi talaffuzi esa qo‘pol so‘zga o‘xshab ketgan. Shu tarzda “caonima” memi tarqalib, millionlab odamlarni kuldirgan. Hatto o‘yinchoqlar va sovg‘alar ishlab chiqarilgan.
Biroq keyinchalik bunday memlar partiyaga qarshi istehzo vositasiga aylangach, hukumat ularni ham taqiqladi. 2009-yilda rasmiy direktiva chiqarilib, “ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqaruvchi kontent” qatorida alpaka haqidagi hazillar ham bloklangan.
5. Ruxsatsiz reinkarnatsiya

Ha, Xitoy qonunlarida hatto shunday taqiq ham mavjud. Agar kimdir “o‘tgan hayotimda falonchi edim” desa yoki “keyingi hayotda qayta tug‘ilaman” desa — davlatdan ruxsat olishi kerak.
Bu qonun asosan Dalay-lama bilan bog‘liq. Tibet buddistlari rahnamosi Xitoy hukumatiga yoqmay qolgan va u o‘zining Xitoy hududida qayta tug‘ilmasligini aytgan.
Ammo Xitoy kommunistik partiyasi keyingi Dalay-lama o‘z fuqarosi bo‘lishini xohlaydi. Shu bois “ruxsatsiz reinkarnatsiya” taqiqlangan. Agar Dalay-lama vafot etsa, Tibet rohiblari uning qayta tug‘ilgan chaqalog‘ini qidira boshlaydi. Hukumat esa o‘z nomzodini tayinlab, rasmiy Dalay-lama sifatida tan olish ehtimoli yuqori.
Tarixda bunday hol bo‘lgan — masalan, Rim papaligida XIV asr oxirida bir vaqtning o‘zida uchta papa bo‘lgan. Demak, kelajakda tibetliklarda ham ikkita Dalay-lama bo‘lishi mumkin: biri — Xitoy tasdig‘idan o‘tgan, ikkinchisi — xalq tan olgan.
Faqat bittasi bilan roziman
Peppani hech kim kormasligi kerak, juda yomon multfilm
Nimaligini bilmasdan, bir marta bolamga qoyib bergandim
Hamma joyda lgbt, bolala ozini yomon korsatishadi
Bunaqa multiklarni zapret qilish kerak, juda yomon
Ehtiyot bolila, bolalaringiz siz kormaganingizda korishmasin
hm… nima qilishadi zapret qilib
Xitoy ozi juda chiroyli davlat
Ularda juda kop zapretlar bor
Rosa kuldim oqib, jinnilik
Hammasi togri qilingan
Juda qiziq boldi