Xitoyda “Titanik” ning nusxasi yaratiladi

Xitoyda “Titanik” ning nusxasi yaratiladi

Xitoyning Sichuan` shahrida “Titanik” kemasi nusxasining qurilishi boshlandi. Loyihaning boshlang`ich investitsiyasi 160 mln dollarni tashkil etadi va bu asosan sayohatchilarni jalb etishga qaratilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda, tarixga aylangan kemaning ustki qismi qurilmoqda. Xitoy “Titanik” ichida sayohatchilar uchun mehmonxona tashkil etiladi. Bundan tashqari u erda ko`ngil ochar marosimlar, 20-asr ko`rinishidagi banketlar, bal-maskaradlar va basseyn ham bo`ladi. Shuningdek, kemada bir kun yashash uchun o`rtacha 500 dollar ketishi mumkin ekan.

Eslatib o`tamiz, mashhur “Titanik” kemasi 1912-yilning aprel` oyida Atlantik okeanidagi aysberg bilan to`qnashib halokatga uchragan.

Manba: Naked Science

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yo’nalish ham huddi shunday(from Southampton, UK, to New York City, US)mikan? smile

  2. Suzib ketmasa boldi smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social