Xitoy hukumati endi o’z aholisini yanada yaqindan kuzatib bormoqda. Ma’lum bo’lishicha, davlat bolalar avlodini diqqat bilan voyaga yetkazishga qaror qildi. Shu sababdan, maktablarda barcha o’quvchilar joylashuvini tekshirish uchun, ularga GPS sensorlari o’rnatilgan maktab kiyimini berishadi.
Innovatsiya tufayli maktab ma’muriyati o’quvchining qayerdaligini aniq biladi. O’quvchini o’quv muassasasining binosida yoki uning yonida, yoki umuman kelmaganligini nazorat qilish mumkin bo’ladi. Ba’zi uddaburon o’quvchilar qo’riqchilarni aldamasligi uchun, ta’lim muassasasining kirishiga yuzni tanib olish tizimi o’rnatiladi. Darslar davomida yashirinib bo’lmaydi, GPS-mikrochip darhol xabar beradi, xizmat ko’rsatuvchi postda avtomatik signal yonadi. Aqlli kiyim, o’quvchilar sinfda uxlab qolganligini haqida ham xabar qilishlari mumkin ekan.
Xitoyning The Global Times gazetasiga ko’ra, aqlli maktab kiyimi mahalliy kompaniya “Guizhou Guanyu Technology” tomonidan ishlab chiqariladi. Mahsulot 105° gradusgacha bo’lgan haroratda 500 yuvishlarga chidaydi. Guizhou viloyatining 10 ta maktabida paydo bo’lgan innovatsiyalarning afzalliklaridan biri bu bolalar maktabning oshxonada yuz aniqlash yoki barmoq izlarini identifikatsiya orqali xaridlar qilishlari mumkin.
Ho’sh, siz bu g’oyaga nima deysiz?