Yangi yilning ilk haftasida bajarish kerak bo‘lgan 7 ta muhim ish

Yangi yilning ilk haftasida bajarish kerak bo‘lgan 7 ta muhim ish

Yangi yilda barcha o‘zgarishni istaydi, shuning uchun eski yil so‘ngida reja va maqsadlar tuzib, uni, albatta, amalga oshirishga o‘z-o‘ziga va’da beradi. Ammo bayram ziyofati, tonggacha uxlamaslik va ko‘p taom iste’mol qilish natijasida kirib kelgan yilning birinchi kunidanoq belgilangan tartib-qoidalarni buzish boshlanadi.

Kunni sog‘lom nonushta bilan boshlash

1-yanvar kechagi ziyofatdan qolgan salat va bir qancha yeguliklar iste’mol qilinadigan an’anaviy kun hisoblanadi. Ammo ushbu an’anani buzgan holda kunni sog‘lom nonushta bilan boshlash tavsiya etiladi. Butun oila davrasida meva va sabzavotlardan tayyorlangan vitaminlarga boy nonushta tayyorlashga harakat qilish kerak.

Yangi faoliyat turini boshlash

Biror sport turi bilan har bir inson muntazam ravishda shug‘ullanishi kerak. Yil davomida o‘zingiz uchun qiziq bo‘lmagan sport turi bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bayramdan so‘ng ta’til davomida qiziqarli sport turi yoki boshqa foydali mashg‘ulot tanlash imkoni mavjud.

Meditatsiya dasturini yuklash

Meditatsiya — stressni yengish uchun eng yaxshi usul. U orqali tushkunlikka tushish va surunkali og‘riqlarni yengish mumkin. Buning uchun meditatsiya dasturlarini iloji boricha ertaroq yuklab olish tavsiya etiladi.

Kichikroq maqsad sari intilish

Ko‘pchilik oldiga qo‘ygan katta maqsadiga erisha olmasa, keyinchalik u tashvish yoki tanqidga sabab bo‘ladi. Shuningdek, maqsadlar kundalik rejalarga asoslangan va amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lsa, yanada yaxshi. Unga tezroq yetishish va bundan mamnun bo‘lish hissiyoti esa har qanday kishiga mislsiz energiya baxsh etadi.

Shukronalik ro‘yxatini tuzish

Dekabr oyida yil natijalari sarhisob qilinadi, qishki ta’tilda esa kimlarga va nimalar uchun minnatdorlik bildirish kerakligini yozib chiqish mumkin. Bundan tashqari yangi yildan boshlab har kuni uxlashdan avval kichik va arzimas bo‘lsa-da, kun davomida bo‘lib o‘tgan voqealarga nisbatan shukronalik ro‘yxatini tuzishni unutmaslik kerak.

Hordiq chiqarish

Ta’til hordiq chiqarish uchun bo‘lmasa, nima uchun kerak? Yangi yildan boshlab to ta’til tugagunga qadar avvalgidan ko‘ra ko‘proq, kunduzi kamida 40 daqiqa uxlash kerak. Bu nafaqat sog‘liq uchun foydali, balki kayfiyatga ham ta’sir qiladi.

Do‘stlar bilan uchrashuv

Ta’til do‘stlar bilan uchrashuv tashkillashtirish uchun eng qulay vaqt. Bunday vaqtda ish yoki boshqa muammolar bezovta qilmaydi. Albatta, bu kabi uchrashuvlar zararli ichimliklarsiz, ayniqsa, tabiat qo‘ynida bo‘lsa, yillik charchoqlar o‘rnini tetiklik egallaydi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda foydali maqola bo‘libdi, ayniqsa yangi yilning boshida o‘zimni qo‘lga olishimga motivatsiya berdi. Sog‘lom nonushta va kichik maqsadlar haqidagi qismi juda yoqdi, aynan shundan boshlash kerak ekan.

  2. Har yili reja qilaman, lekin birinchi haftadayoq charchab qolaman. Bu maqola esa hammasini sekin va oson qilish kerakligini eslatdi. Meditatsiya va hordiq chiqarish bandlari ayniqsa muhim.

  3. Shukronalik ro‘yxati tuzish fikri juda yoqdi. Doim nimadir yetishmayotgandek yuramiz, aslida bor narsalarga qarashni unutamiz. Yangi yilni shunday fikr bilan boshlash yaxshi ekan.

  4. Do‘stlar bilan uchrashuv va sport haqidagi tavsiyalar menga juda mos tushdi. Yangi yilni faqat va’dalar bilan emas, real kichik odatlar bilan boshlash kerakligini yana bir bor tushundim.

  5. Dildora

    Menga yoqdi smile

  6. Jamshid

    Rostini aytsam yangi yilning birinchi haftasida bularning hammasini qilish juda qiyin bayramdan keyin odamga dam kerak reja emas

  7. Jamshid

    Meditatsiya ilova yuklash o‘rniga odamlar normal uxlashni o‘rgansa ham yetardi deb o‘ylayman

  8. Jamshid

    Kichik maqsadlar yaxshi lekin nega doim yil boshida o‘zimizni majburlaymiz balki inson o‘zi tayyor bo‘lganda boshlashi kerakdir

  9. Sog‘lom nonushta chiroyli eshitiladi lekin real hayotda 1 yanvar kuni kim meva to‘g‘raydi hamma salat yeydi

  10. Hordiq chiqarish haqida yozilgan joyi yoqdi lekin nega doim samaradorlikni o‘ylashimiz kerak dam ham maqsadsiz bo‘lishi mumkin

  11. Shukronalik ro‘yxati yaxshi lekin bu ham trendga aylanib ketmayaptimi hamma bir xil yashayotgandek

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social