Odamning dastxatiga qarab uning jinsini, fe`l-atvorini va hatto xastaliklarini ham aniqlash mumkin. Dastxat – bu qo`lyozmaga muhlanib qolgan odatiy hamda avtomatikaga aylanib qolgan harakatlar tizimidir. Maxsus tekshiruvdan o`tayotgan supermenga sirlarini yashirishda temir asablar dosh bersa ham, uning yozuvi egasining sirlarini boshdan oyoq fosh qilib qo`yadi.
Birinchi sinf o`quvchisining aji-buji yozuvi, lektsiyani yozib olayotgan talabaning tezkor dastxati, o`ziga ishongan rahbarning muhim qog`ozlarni to`ldirgan salmoqli imzolari va nihoyat qariyalarning qaltiragan qo`llari bilan yozilgan egri-bugri yozuvi. Shuning barchasini dastxat o`rganuvchi kriminalitlarning oldiga qo`ysangiz bu bitta odamning yozuvi ekanini darhol ishonchli dalillar bilan isbotlab berishadi. Bu borada ayollar bilan ishlash ancha osonroq.
Go`zal jins vakillarining yozuvi ancha ishonchli va dadil. Qizchani birinchi sinfda qanday yozishga o`rgatishgan bo`lsa, umrining oxirigacha unda shu dastxat saqlanib qoladi. Erkaklar esa yillar o`tgani sayin yozuvini turlantirib nimalarnidir kashf qilishni boshlashadi. Shu xususiyatlarga asoslanib yozayotgan odamning jinsi aniqlanadi.
Xastalik odam yozuvida ham o`z izini qoldirar ekan.
Kriminalist Parkinson kasalligini darrov aniqlaydi, chunki unda qog`ozdagi qo`lning qaltiragan mayda izi yaqqol ko`rinib turadi. Miya jarohatini olgan kishida harakatlarning o`zaro muvofiqligi buziladi. Bemor g`adir-budir, qirrador qilib yozishga o`tadi. Kerakli ilmoqni yozish uchun ham qalamni bir joyda bir necha marta yurg`izadi.
Ëzuvni o`rganuvchilardan xira ko`radigan ko`zni ham yashirib bo`lmaydi. Arzimagan detallarga qarab ham mutaxassislar yozuv egasi ko`zoynakda yozganini yoki ba`zi joylarida ko`zoynakni echib ko`zlarini qisib yozganini bemalol aytib berishadi. Ëzayotgan odamning yozuviga qarab uning kasbini aniqlash ham mumkin. Lekin buning uchun nafaqat dastxat, balki yozuvning o`ziga xos hususiyatlarini odam yozayotganida kasbiga aloqador tafsilotlarni, matematik tenglamalar, iboralar va xokazolarni qo`shadimi-yo`qmi tekshirishadi.
Grafologlarning aytishlaricha chiroyli husnihat egalari-ijodiy insonlar: rassomlar, artistlar, yozuvchilar, musiqachilar ekan. Ëzuv odamning qog`oz va qalamni qo`liga olgan vaqtdagi hislarini ham namoyon etadi.
Har qanday stress, zo`riqish va araz yozuvda o`z izini qoldiradi. Masalan, Vaterloo jangi oldidan va jangdan so`ng Napoleon o`z komandirlariga bergan yozma buyruqlar ostiga imzo chekkan. Shu imzolarga qarab qaysi biri g`alaba orzusida qo`yilgan, qaysi biri jangdan keyin mag`lub bo`lgan alamnok odamning imzosi ekanini aytib berish mumkin.
Dunyoda bir xil barmoq izlari bo`lmaganidek bir-biriga o`xshash husnixat egalari ham mavjud emas. Hatto egiz aka-ukalar ham bir xil yozolmas ekanlar; chunki fe`l – atvori bir-biriga o`xshamagandan keyin yozuvi ham farq qilishi kerakda. Aynan yozuvdagi individuallik, o`ziga xoslik va sobitlik xususiyatlari izquvarlarga odam yozuvini o`qishga yordam beradi.
xa juda xam qiziq maqola, va kerakli informaciya
uzimning yozuvimni tekshirdim 80 foiz tugri chiqdi
bumagan gap!
bulgan gap ))) psigologlar sizning yozuvingizdan shuncha narsa aytib berishi mumkin!
Vay sizla qachondan buyon bu saytda emassizla a man qarib har kuni shu saytdaman. Men bu maqola to’g’ri deb o’ylayman