1 aprel – “Hazil kuni”. Asl haqiqat nimada?

1 aprel – “Hazil kuni”. Asl haqiqat nimada?

Mana, milodiy sana bo‘yicha aprel oyi ham yaqinlashib kelyapti. Odatda har bir yilning, har bir oyning boshlanishida ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, internet sahifalarida mazkur yil, oy va kunlarga xos bo‘lgan xabarlar, qiziqarli ma’lumotlar yoki nishonlanadigan bayramlar haqida maqolalar beriladi. Jumladan, aprel oyi yaqinlashayotgani sababli internet sahifalarida ham 1 aprel kuniga tegishli ba’zi ma’lumotlar berila boshlandi. Bu ma’lumotlar yangilikka o‘ch bo‘lgan har qanday odamning e’tiborini o‘ziga tortmay qo‘ymaydi. Shu jumladan, mening ham etiborimni tortdi. Natijada 1 aprelga tegishli ma’lumotlarni turli internet sahifalaridan qidirib, topib o‘qib ko‘rdim.

Bu ma’lumotlarning saviyasi har xil. Ba’zilari ilmiy ma’lumotlarga asoslangan, ba’zilarini esa oddiy havaskorlar yozgan. Yana ba’zilari oldi-qochdi, safsata gaplar. Lekin eng asosiysi, mazkur ma’lumotlarning hech birida 1 aprel kuni haqida insoniylik, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, axloq-odob, dinu diyonatga mos keladigan birorta ijobiy tushuncha yo‘q. Balki barchasi boshidan oxirigacha bayram bahona qandaydir ko‘ngilhushlik bilan shug‘ullanish. Demak ularning maqsadlari bitta – u ham bo‘lsa, har qanday yo‘l va uslub bilan kimnidir aldash, kuldirish, mazax qilish, masxaralash, tashvishga qo‘yish, qo‘rqitish, cho‘chitish, asabini buzishdir. Bularning natijasida qandaydir fojialar kelib chiqishi ham mumkin, ammo ular bunga e’tibor bermaydilar. Balki 1 aprel hazil kuni degan bahona bilan o‘zlarining kirdikorliklarini yashiradilar.

1 aprel kunini bayram sifatida nishonlashning tarixi, kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar ham turli tuman. Birida «ommaviy qirg‘in, bir din vakillarini qatliom qilish kuni» deyilgan bo‘lsa, boshqasida Yevropadagi ba’zi imperatorlarning ko‘r-ko‘rona qilgan ishlari va tadbirlarini yashirish maqsadida 1 aprelga asos solinganligi va bu milodiy 16-asrdan boshlanganligi aytiladi.

Hozirgi kunda 1 aprelning qanday kun deb atalishi to‘g‘risidagi internet sahifalarida berilgan ba’zi ma’lumotlardan iqtibos keltiramiz:

  • «Hozir Yevropada nishonlanayotgan birinchi aprel kuni odamlarning bir-birini aldashidan boshlangan»
  • «1 aprel – aldash va laqillatish kuni munosabati bilan tanlov e’lon qilaman»
  • «1 aprel kuni dunyoning bir qator mamlakatlarida Kulgi kuni, Hazil kuni, Aldash kuni nishonlanadi. Shu kuni yaqin do‘stlar bir-biri bilan hazillashadilar».
  • «1 aprel kuni bir marta bo‘lsa ham jilmayib qo‘ymaydigan odam topilmasa kerak. Birinchi aprel bir-biriga haddi sig‘adigan, qalbi pok insonlarning bayrami»
  • «1 aprel – ahmoqlar kuni».
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social