Buyuk Britaniyada “arvoh kamalak” hosil bo‘ldi

Buyuk Britaniyada “arvoh kamalak” hosil bo‘ldi

Buyuk Britaniyada Norfolk, Saffolk va Esseks grafliklari aholisi 18-dekabr, shanba kuni noyob tabiat hodisasi — rangsiz kamalakga guvoh bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rangsiz kamalak tumanli sharoitda va quyosh nurlarining muayyan tushish burchagida paydo bo‘ladi.

“Hali tuman tarqamagan paytda sohil bo‘ylab yerga yaqin joylashgan bulutlar quyosh nurlarining ularni yorib o‘tishiga imkon bergan. Bu esa tumanli kamalaklar uchun ideal sharoit yaratgan”, — deydi sinoptik Den Xolli.

Tabiat hodisasi rangsiz bo‘lgani uchun “arvoh kamalak” deb ham ataladi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ulug'

    bizadayam qum shamol deb shunaqa buladi

  2. Laylo

    good good good good

  3. Izzat

    yes zurky

  4. Mo'min

    arvohmish… normalniy nomi yumi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social