Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang — jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang — jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar

JAZIRAMA ISSIQ –  bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.

Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oС dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oС ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqga olib keladi.  Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqga tayyorgarlik choralari

Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning.  Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq haroratdan ta’siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Yodda tutinki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslaxatlashgan holda, qo‘shimcha tuzli maxsulotlar va  meva, sabzavotlardan iste’mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda  saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste’mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida  iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK

  1. Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me’yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste’mol xajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.
  2. Eng issiq paytda – 12-00 dan 16-00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga xarakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.
  3. Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona xaroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
  4. Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta’qiqlangan xavzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.
  5. Ertalab va kechqurun ko‘proq xarakat qiling. Bunday issiq kunda kamxarakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.
  6. Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste’mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar xaqida aloxida to‘xtalib o‘tish lozim-ki – rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.
  7. Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori xaroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.
  8. Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga xarakat qiling.
  9. Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kuni bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq xavo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta’sir qilmasin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Qorakoʻz

    Assalom alaykum qalaysizlar doʻstlar men ham shlyapa kiyaman odamlar xuddi koʻrmaganday qarashadi ekan nega shunday lekin odamlarning gapi men haqimda qanday gapirishadi buni qiziqi yoʻq lekin fikringizni bilish man uchun juda qiziq nega insonlar bir nima kiyib koʻchaga chiqishsa koʻrmaganday qarashadi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social