Kianu Rivz kaskadyorlariga minnatdorchilik sifatida Rolex soatini sovg‘a qildi

Kianu Rivz kaskadyorlariga minnatdorchilik sifatida Rolex soatini sovg‘a qildi

“Jon Uik” filmini suratga olish maydonchasida ishtirok etayotgan Kianu Rivz unga yordam bergan hamkasblariga alohida minnatdorchilik bildirishga qaror qildi.

Suratga olish jarayonida Kianuga bir emas, naqd to‘rtta kaskadyor hamrohlik qilgan. Ularga minnatdorchilik bildirish maqsadida aktyor bir juftining narxi 10 ming dollarni tashkil qiladigan Rolex Submariner Date personal soatini tuhfa qilgan.

Aksessuarga “Jon Uik beshligi” degan yozuv, kaskadyorlarning ismi va minnatdorchilik so‘zi o‘yib tushirilgan. Ma’lumot uchun, “Jon Uik 4” filmining premyerasi 2022-yil 26-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Said

    Kianu vawe oddiy odam, bunaqala kam qogan, barakalla!

  2. Robiya

    Xudo 6zi asrasin wunaqa insonlarni. Hozirgi kunda yaxwi odamla juda kam. Har kim faqat pulni va 6zini 6ylidi. Afsus yaxwilik qiliwni he4 kim istamidi. Hamma bir iwni qisam qanaqa foyda k6raman deb 6ylab yuradi. juda a4inarli holat. Xudo ba4amizga insoniyligimizni unutmaslikka ku4 bersin.

  3. Malik

    gapingizga q6wilaman, juda t6g’ri aytasiz. bunday insonlar kam qolgan, afsus

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social